VIBRATSIYA MASHINASI

VIBRATSIYA MASHINASI, titrama mashina — ish organi tebranma (titrama) harakatlanadigan mashina. Tebranishlar (titrashlar) chastotasi Gs ning bir necha ulushidan 10 kGs gacha, amplitudasi 1 m dan mkm ulushlarigacha boʻlgan Vibratsiya mashinasi bor. Yuritmasining turiga koʻra mexanik, elektr, gidravlik, pnevmatik xillarga; energiyani mexanik tebranishlar energiyasiga aylantirish usuliga koʻra markazdan qochma, porshenli, kulachokli, krivoshin-shatunli, elektromagnitli, magnitostriksion, pyezoelektrik va b. xillarga; titrash (vibratsiya) hosil qilinadigan spektral tarkibiga kura monogarmonik (sinusoidal), bigarmonik, poligarmonik tebranishli xillarga; ish organining nuqtalari trayektoriyasi shakliga koʻra toʻgʻri chiziqli, doiraviy, ellipis, vintsimon yoʻnalishli va b. xillarga boʻlinadi. Vibratsiya mashinasi qurilish, mashinasozlik, kon sanoati, oziq-ovqat sanoati, q. x., tibbiyot va b. sohalarda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: VIBRATSIYA MASHINASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
NASOS
ROSSIYA
ISSIQLIK ENERGETIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты