VIBROMETR

VIBROMETR (lot. vibro — tebrataman va… metr) — tebranuvchi (titrovchi) jismlar (mashinalar, imorat va b. inshootlar)ning mexanik tebranishi va titrashini oʻlchaydigan asbob. Koʻrsatkichlarni qayd qiladigan Vibrometr vibrograf deb ataladi. Vibrometrning korpusi tekshiriladigan obyekt (mas., samolyot)ga mahkam bogʻlanadi, korpus obyekt bilan birga titraganda Vibrometr dagi yuk oʻz inersiyasi taʼsirida dastlabki vaziyatini saqlashga intiladi. Shunda korpus va yukning bir-biriga nisbatan siljishi Vibrometr yordamida oʻlchanadi. Vibrometr 10 Gs dan 20 kGs gacha va undan ortiq chastotada 0,1 mkm dan 1 m gacha siljishlarni oʻlchaydi. Vibrometr turli qurilmalarning titrashini oʻlchashda, geofizika va seysmologiyada qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VIBROMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
AVIATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты