TRIANGULYATSIYA (lot. triangulum uchburchak) — geodezik tayanch shoxobcha punktlari planli oʻrnini uchburchaklar tizimi yordamida aniqlash usuli. Boshlangʻich deb ataluvchi Triangulyatsiya punktlaridan birining koordinatalari va boshlangʻich oriyentirlash tomoni (bazis) ning azimuta astronomik kuzatishlar orqali aniklanadi. ABC uchburchakning AV tomoni (rayem, a) va barcha ichki burchaklari maʼlum boʻlsa, qolgan tomonlari uzunligini sinuslar teoremasiga asosan hisoblab chiqariladi. BCD uchburchakning CD va BD tomonlari esa VS tomon va ichki burchaklar kiymatlaridan topiladi va h. k. Uchburchaklar tizimi katorlar yoki yalpi uchburchak( lar tarmogʻi koʻrinishida quriladi (rayem, b).
Davlat T. tarmogʻi burchak va masofa oʻlchash anikligi, uchburchak tomonlarining uzunligi va shoxobchalarni xreil qilish tartibi boʻyicha bir-biridan farq qiladigan 1, 2, 3 va 4sinflarga boʻlinadi. Triangulyatsiya qurish umumiylikdan xususiylikka, katta uchburchaklardan kichiklariga oʻtish prinsipiga asoslanadi. Davlat Triangulyatsiya tarmogʻining yuqori aniklikka ega boʻlgan 1sinfining asosiy vazifasi quyi sinflardagi Triangulyatsiya tarmoklarini rivojlantirish va ular punktlari koordinatalarini yagona tizimda hisoblashni taʼminlashdir. 1sinf Triangulyatsiya shoxobchalari tomonlari 20 — 25 km li kator uchburchaklar va bu tomonlar taxm. meridianlar hamda parallellar boʻylab yoʻnalgan va 800—1000 km perimetrli poligon koʻrinishida quriladi. Davlat Triangulyatsiya tarmogʻining 2va quyi sinflarini rivojlantirishdan maqsad, keyingi bosqichdagi geodezik va topografik ishlar uchun butun davlat hududida geodezik punktlar tarmogʻini zarur zichlikda taʼminlashdan iborat. 2sinf Triangulyatsiyada tomonlari 10 —20 km li uchburchaklardan va bu tomonlar 1sinf poligonini qoplaydigan shoxobchalar koʻrinishida quriladi. 1 va 2sinf Triangulyatsiya shoxobchalari asosida 3 va 4sinf punktlari aniqdanadi.
Triangulyatsiyaning burchaklari teodolit bilan, uchburchakning bazis tomonining uzunligi uzoklikni oʻlchagich yoki uzunlikni oʻlchovchi sim bilan oʻlchanadi.
Davlat Triangulyatsiyasi 1, 2, 3 va 4sinflari punktlarining umumiy zichligi har 50 km2 ga kamida bitta punktni tashkil qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qozirda 1942-y. da qabul qilingan geodezik koordinatalar tizimi (SK42) amal qiladi.
Ayni paytda Oʻzbekistonda Davlat Yer yoʻldoshi geodezik tarmoqlari (DEYGT) tarkibi belgilangan boʻlib, ularni rivojlantirish umumdan ayrimga oʻtish prinsipiga asoslanadi. Yer yoʻldoshlari radionavigatsiya tizimlari NAVSTAR (AQSH) va GLONASS (Rossiya) hamda kosmik geodeziyaning boshqa usullaridan foydalanib quriladigan DEYGT oʻz ichiga quyidagilarni oladi: referens geodezik punktlar tizimi (RGP); 0sinf Yer yoʻldoshi geodezik tarmogʻi (YEYGT0); 1sinf Yer yoʻldoshi geodezik tarmogʻi (YEYGT1). DEYGT punktlarining oʻrni koordinatalarning ikki tizimida — umumer va referens tizimlarida anikdanadi. Har ikkala tizimlarning orasida biridan ikkinchisiga oʻtish parametrlari orqali aloqa bogʻlanadi.
T. Yerning shakli va oʻlchamlarini aniklashda, Yer qatlamining gorizontal harakatini oʻrganishda, katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, topografikgeodezik ishlar uchun geodezik asos vazifasini oʻtaydi.