VIBROSHTAMPLASH — yigʻma temir-beton konstruksiyalar va murakkab shaklli buyumlar (qovurgʻali panellar, zinapoyalar va b.)ni mexanizatsiya usulida qoliplab tayyorlash. Bu usul beton qorishmaga bir vaqtning oʻzida ham titrama kuch ham shtamp kuchi (bosimi) taʼsir zttirishga asoslangan (q. Temir-beton konstruksiyalar va buyumlar).