TRIDIMIT

TRIDIMIT (yun. tridymos — uch qoʻshaloq) — mineral, kremniy2 oksidning (SiO2) yuqori trada, geksagonal singoniyada kristallanadigan modifikatsiyasi, Fe, Al, Na va b. aralashmalari mavjud. Rangi oq, rangsiz. Plastinkasimon kristallar, sferik agregatlar, nayzasimon qoʻshaloklar, koʻpincha uch qoʻshaloq, gulbargsimon agregatlar hosil qiladi. Kam uchraydigan minerallar, odatda, nordon effuzivlarning darzliklari va gʻovaklarida, tuflarda; meteoritlar va Oy jinslarida ham topilgan. Tridimit — oʻtga chidamli modda (dinas)larning asosiy tarkibiy qismi. Oʻzbekistonda Angren kumir koni rnida topilgan.


Lotin alifbosida maqola: TRIDIMIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
SFERIK GEOMETRIYA
KRISTALLAR
OʻTGA CHIDAMLI MATERIALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты