VIDEOSIGNAL

VIDEOSIGNAL — tasvir hosil qilinadigan oʻzgaruvchan elektr signal. Koʻpincha, Videosignal deyilganda tasvir signallarining oʻzi tushuniladi. Videosignal uzatilayotgan tasvirlarga mos keluvchi har xil amplitudali impulslar (yeritilganlik darajasi, uzatish muddati va b.)dan iborat boʻladi. Televideniyeda Videosignal (televizion signal) parametrlari obyekt tasvirining alohida uchastkasi ravshanligiga mutanosib boʻlgan elektr tebranishlardir. Bunday signal elektr-yorugʻlik oʻzgartirgichlar (mas., vid ikon, superortikon) yordamida hosil qilinadi. Videosignaldan fototelegrafiya va radiolokatsiyada ham foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VIDEOSIGNAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IMPULSLAR TEXNIKASI
TELEVIDENIE
YORUGʻLIK
ELEKTR TOKINI UZATISH
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты