TRIO

TRIO (lot. tria — uch) — 1) uch sozanda yoki xonandadan tashkil topgan ansambl (mas., skripka, violonchel va fortepianodan iborat ansambl yoki «Setora» guruhi);

2) shu ansamblga moʻljallangan musiqa asari, kamer musiqa janri. Dastlab triosonata shaklida (17—18-a. lar, A. Vivaldi, A. Korelli va b.), keyinchalik sonata turkumi tarzida (L. Betxoven, F. Shubert, I. Brams, P. Chaykovskiy, D. Shostakovich va b.) rivoj topdi. Oʻzbekistonda M. Burhonov, Ik. Akbarov, G. Mushel, I. Hamroyev, U. Musayev, V. Saparov, A. Ergashev va b. turli Triolar yozishgan;

3) baʼzi cholgʻu asarlari (marsh, skerso va b.)ning oʻrta qismi.


Lotin alifbosida maqola: TRIO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
FRANSIYA
ROSSIYA
ITALIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты