TRIPURA

TRIPURA — Hindistonning shim. sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 10,5 ming km2. Aholisi 3,2 mln. kishi (2001), aksari kismi bengallar. Maʼmuriy markazi va eng katta shahri — Agartala. T. GangBraxmaputra deltasi havzasida joylashgan. Sharqiy va jan. kismida Lushay togʻlari tarmoklari bor. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Togʻlar doim yashil va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Aholisi, asosan, dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Sholi, jut, paxta, shakarqamish ekiladi. Choy plantatsiyalari bor. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi mayda korxonalar mavjud.


Lotin alifbosida maqola: TRIPURA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
HINDISTON
ROSSIYA
OSIYO
CHOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты