TRITONLAR

TRITONLAR (Triturus) — salamandrasimonlar oilasiga mansub dumli amfibiyalar urugʻi. 9 turi maʼlum. Tanasining uz. 18 sm cha. Yevropada Osiyoning Yevropa bilan chegaradosh joylari va Shim. Amerikada tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda, odatda, toshlar, yiqilgan daraxtlar tagida va b. yerlarda qishlaydi, bahorda oqmaydigan yoki sekin oqadigan suv havzalariga oʻtib, tuxum qoʻyadi. Suvdagi mayda qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, suv hasharotlari, baqa uvildirigʻi bilan, quruklikda esa oʻrgimchaklar, hasharotlar va b. bilan oziklanadi. Oʻrta Osiyoda uchramaydi, ayrim turlari (mas., Tarokli Tritonlar) akvariumda boqiladi.


Lotin alifbosida maqola: TRITONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
DUMLI AMFIBIYALAR
SALAMANDRASIMONLAR
ROSSIYA
QISQICHBAQASIMONLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты