TROSKIY

TROSKIY (haqiqiy familiyasi Bronshteyn) Lev Davidovich (1879.26.10, Xerson gubernyasi, Yanovka qishlogʻi — 1940.21.8, Mexikoning Koyoakana chorbogʻi) — siyosat va davlat arbobi. 1896-y. dan sotsialdemokratik harakatda. 1904-y. dan boloʻiyeviklar va mensheviklar fraksiyalarini birlashtirish uchun kurashdi. 1905-y. «permanent» (uzluksiz) inqilob nazariyasini ishlab chikdi. Troskiyning fikricha, Rossiya proletariati burjua inqilobini amalga oshirgach, inqilobning sotsialistik bosqichini boshlaydi, bu inqilob jahon proletariatining yordami bilangina gʻalaba qozonadi. RSDRPning eng radikal qanotiga mansub boʻlgan. 1908—12 y. larda «Pravda» gaz. muxarriri. 1917-y. Petrograd harbiy inqilobiy komiteta raisi sifatida Oktyabr toʻntarishinn amalga oshirishning asosiy tashabbuskori va rahbarlaridan biri. RSFSR tashqi ishlar xalq komissari (1917. 25.10— 1918.22.2). Qizil armiyaning asoschilaridan, Fuqarolar urushining koʻp frontlarida bu armiyaning xarakatlariga shaxsan rahbarlik qilgan, repressiyalarni keng qoʻllagan. 1917—27 y. larda MK aʼzosi. 1917 i. okt. va 1919—26 y. larda MK Siyosiy Byurosi aʼzosi. Yetakchi boʻlish uchun I. V. Stalin bilan kechgan keskin kurash T. ning magʻlubiyati bilan tugagan (1924-y.). T. ning qarashlari (troskizm) (RKPb) dagi «mayda burjuacha ogʻish» deb eʼlon kilingan. 1927-y. T. 75 nafar faol tarafdori (L. B. Kamenev, G. Ye. Zinovyev va b.) bilan birga partiyadan oʻchirilgan, Olmaotaga surgun qilingan, 1929-y. chet elga chikarib yuborilgan. Turkiya (1929—32), Fransiya (193335) Norvegiya (193537), Meksika (1937—40)da yashagan. I. V. Stalinga qarshi gʻoyaviy kurash olib borib, uni Oktyabr gʻoyalarining xoini deb atagan. 1938-y. 4Internatsional tuzish tashabbusi bilan chiqqan. Asosiy asarlari: «Yangi yoʻl» (1924), «Lenin haqida» (1924), «Oktyabr saboklari» (1924), «Rus inqilobi tarixi» (1931— 33), «Permanent inqilob» (1928—29), «Adabiyot va inqilob» (1923), «Mening xayotim» (1930), «Stalin» (1940) va b.

NKVD agenti R. Merkoder (ispan) tomonidan oʻldirilgan.

T. Turkistonni sovetlashtirishga alohida eʼtibor qaratgan shoʻro arboblaridan edi. U Fargʻona viloyatiga kelgach (1922-y. 10 iyun), istiqlolchilarga qarshi boshlangan qizil armiyaning jang harakatlarini shaxsan boshqarib, qoʻrboshilarga qarshi shafqatsiz jazo choralarini qoʻllatgan. Troskiyning buyrugʻi bilan istiqlolchilarni tormor etish uchun Qurolli kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni S. S. Kamenev Fargʻona vodiysi va Buxoroga (1921—23 y.), S. M. Budyonnoʻy Andijonga (1922-y. avg.) yuborilgan. Troskiyning Turkistondan soʻng Afgʻoniston orqali Hindistonni bosib olish va Sharkda ommaviy inqilob uyushtirish gʻoyasi bor edi.

Ad.: Arxiv Troskogo [Kommunisticheskaya oppozitsiya v SSSR (19231927)], t. 14, M., 1980; Doycher I., Troskiy v izgnanii, M., 1991; Vaseskiy N. A., Troskiy. Opыt politicheskoy biografii, M., 1992.


Lotin alifbosida maqola: TROSKIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
JADIDCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты