VIR

«VIR» — vinobop uzum navi. Hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik in-tida Tavkveri navi bilan Ptibushe navini chatishtirib chiqarilgan. Tupi kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi oʻrtacha (boʻyi 13—15 sm, eni 12—13 sm), toʻgarak, chuqur kertikli, besh boʻlakli, yuzi silliq. Cheti arra tishli. Orqasida tuklari bor. Uzum boshi oʻrtacha (boʻyi 13—15 sm, eni 8—10 sm), silindrsimon, oʻrtacha tigʻiz, ogarligi 160—180 g. Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, qora, sershira, etidan olcha taʼmi keladi, poʻsti yupqa. Avg. oxiri — sent. boshida pishadi, tarkibidagi qand 24—26%. Hosildorligi 250—300 s/ga. Bu navdan yuqori sifatli desert vinolar tayyorlanadi. Toshkent va Samarqand viloyatlarida tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: VIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
VINOCHILIK
VIR KISHMISHI
VASSARGʻA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты