VIR KISHMISHI

VIR KISHMISHI — ertapishar xoʻraki, mayizbop uzum navi. Hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik in-tida Babari va Qora kishmish navlarini oʻzaro chatishtirib chiqarilgan. Tupi kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (boʻyi va eni 20—22 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, oʻrtacha kertikli, toʻq yashil, tuksiz, cheti arra tishli. Uzum boshi oʻrtacha silindr-konussimon, bandi kalta, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 350—360 g. Gʻujumi oʻrtacha, tuxumsimon shaklda, yashilsimon sariq, etdor, sershira, urugʻi yoʻq, poʻsti yupqa. Avg. oʻrtalarida pishadi. Tarkibidagi qand 23—25%. Hosildorligi 200—250 s/ ga. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻstiriladi.


Lotin alifbosida maqola: VIR KISHMISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
VIR
KISHMISH
Ulug'bek Ismailov - Guli
XISHROV KISHMISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты