VISLA

VISLA — Polshadagi eng katta daryo. Uz. 1047 km, havzasining mayd. 198,5 ming km2. Gʻarbiy Karpat (Sileziya Beskidi) togʻlaridan boshlanib, Boltiq dengizining Gdansk qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Dunayes, Visloka, San, Gʻarbiy Bug va b. ; chapdan — Pilitsa, Brda. Visla boshlangan joyidan 40 km gacha togʻ orasidan, Pshemsha bilan qoʻshilgach tekislikdan oqadi; yozda Karpat togʻlariga yoqqan jalalar natijasida toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1090 m3/sek. V. Polshaning muhim transport magistrali. Quyilish joyidan Pshemsha irmogʻi qoʻshilgan joygacha 940 km masofada kema qatnaydi. Visla kanallar orqali Neman, Dnepr, Odra daryolari 6-n qoʻshilgan. Visla boʻyida Varshava, Krakov, Plosk, Torun sh. lari, deltasida Gdansk sh. joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: VISLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POLSHA
TOSHKENT
YEVROPA
SIRDARYO
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты