TURKISTON VILOYATI

TURKISTON VILOYATI — tarixiy maʼmuriyhududiy birlik. Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olishi jarayonida, 1865-y. 2 fevr. da tashkil qilingan. Hududi dastlab Qoʻqon xonligidan bosib olingan yerlar (Sirdaryoning oʻrta oqimidagi yerlar, Qozogʻistonning jan. tumanlari hamda Qirgʻizistonning shim. hududlari) dan iborat boʻlgan. 1865-y. 6 avg. da Turkiston viloyatini boshqarish toʻgʻrisida Muvaqqat nizom eʼlon qilingan va viloyatning harbiy va fuqarolik ishlarini boshqarish Orenburg generalgubernatoriga topshirilgan. Turkiston viloyati maʼmuriy jihatdan 3 ga:

1) oʻng qanot yoki Sirdaryo tumani (Aralsk, Gʻazali, Qizil Oʻrda shaharlari bilan birgalikda);

2) markaz (Turkiston va Chimkent tumanlari) va

3) soʻl qanot [Avliyoota (hoz. Taroz), Marki, Pishpak (hoz. Bishkek), Toʻqmoq sh. lari joylashgan hududlar] ga boʻlingan. 1865-y. 16-iyunda Toshkent va uning atrofidagi yerlar «Toshkent tumani» nomi bilan Turkiston viloyatiga qoʻshib olindi va Toshkent shahri Turkiston viloyatining maʼmuriy markaziga aylandi. 1866-y. oxirlarida esa Erjar va Zomin boʻlimlari hamda Xoʻjand (hoz. Sugʻd viloyati) va Jizzax tumanlari tashkil qilinib, ular ham Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Podsho amaldorlari Turkiston viloyatining tashkil qilinishini vaqtincha tadbir deb hisoblab, uning chegarasini rasmiy ravishda belgilamagan edi. 1867-y. dan Turkiston viloyati Turkiston generalgubernatorligi tarkibiga kiritildi.


Lotin alifbosida maqola: TURKISTON VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ROSSIYA
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты