VOJID ALIXON HINDISTONIY

VOJID ALIXON HINDISTONIY (19-a., Hugli bandargohi, Bengaliya) — qomuschi olim. Otasi adib, asli tur-kistonlik boʻlgan. Vojid Alixon Hindistoniy 12 yoshidayoq turli ilmlardan xabardor boʻlgan. 15 — 16 yoshlarida sayohatga chiqib, bilimlarini oshirgan, soʻng mudarrislik qilgan. Asosiy asari 2 jildli «Matla ul-ulum va majma ul-funun» («Ilmlar boshi va fanlar majmuasi», 1846) qrmusidir. 1-jild («Matla ul-ulum») da fanlar asosi, ularning paydo boʻlishi va rivojlanish tarixi bayon qilingan. 2 – jild («Majma ul-funun») da qimmatli amaliy maʼlumotlar, jumladan Markaziy Osiyo xattotlik, musavvirlik, kandakorlik, duradgorlik, koʻnchilik, muqovasozlik va b. kasblar haqida maʼlumot toʻplangan. Har jildning maxsus bobida musiqa (xususan, hind va fors musiqa anʼanalari) haqida fikr yuritilgan. V. A. H. Xorazmga kelib mudarrislik qilgan, uning asari toshbosma tarzida (Kanpur, 1889; Lakxnau, 1908 va b.) Turkistonda keng tarqalgan. Asarlari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik i. t. institutida saqlanmokda (inv. NN 8787, 6817, 6818, 2838, 5250).

Ld.:Avedova N. A., Svedeniya o texnike jivopisi v ensiklopedii Vajida Ali, v kn.: Iz istorii jivopisi Sredney Azii. Traditsii i novatorstvo, T., 1984.


Lotin alifbosida maqola: VOJID ALIXON HINDISTONIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
IBN SINO
TOSHKENT
HINDISTON
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты