TURKISTONDA SOVET REJIMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT

TURKISTONDA SOVET REJIMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT — Oʻrta Osiyo xalqlarining bolsheviklar hukmronligi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan kurashi (1918—1935). Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat — Oʻrta Osiyodagi milliy ozodlik harakati tarixida alohida bosqich boʻlib, kurash koʻlami va shiddati uning murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan ajralib turadi.

Bu harakat oʻz jugʻrofiy doirasiga koʻra, 3 hududga boʻlinadi: Turkiston ASSR, Buxoro Respublikasi va Xorazm Respublikasi qududlari. U keyinchalik Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston SSRda ham davom etdi. Qurolli kurash oʻz rivojlanish jarayoniga koʻra, 2 davrni bosib oʻtdi: 1918—24 va 1925—35 y. lar.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning 1davri, dastlabki qurolli guruxdarning tashkil topishi Kichik Ergash va Katta Zrgashning nomlari bilan uzviy bogʻliqdir. Turkiston muxtoriyati xukumati qoʻshiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash.1918-y. 19 — 21 fev. da Qoʻqon sh. da boʻlgan urush natijasida magʻlubiyatga uchrab, Qoʻqon uyezdidagi Bachqir qishlogʻiga chekindi.

26 fev. da Bachqirga qizil gvardiyachilar va arman dashnokdari (q. «Dashnakiutyun»)gʻtng 5 ta otryadi hujum qildi.

27 fev. da boʻlgan janglarning birida Kichik Ergash halok boʻlgach, Katta Ergash Fargʻona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Tez orada harakat butun Fargʻona vodiysi va Samarqand viloyati hududlariga tarqaldi.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat niig bosh sababi bolsheviklarning oʻlkada yuritgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati boʻldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar (korxonalarning davlat ixtiyoriga oʻtkazilishi, xususiy mulkning tugatilishi, oziq-ovqat taqsimoti va gʻalla monopoliyasi, islom dinining cheklanishi va ateizm targʻiboti, masjid, Madrasa, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi, vaqf yerlarning tortib olinishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi, bozorlarning yopilishi va b.) xamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik siyosati harakatga alohida keskinlik va koʻlam bagʻishladi. Bu hodisalar kurashning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi.

Qurolli kurash oʻzining harakatlantiruvchi kuchlari (dehqonlar, chorakorlar, hunarmandlar, kosiblar va mardikorlar, toʻq badavlat oilalarning vakillari — savdogarlar, boylar qamda ulamolar) va tashkiliy tuzilishi jihatidan ham aholining barcha gurux^ari va ijtimoiy qatlamlarini oʻziga qamrab olgan harakat xisoblanadi.

Kurashchilarning milliy tarkibi, asosan, tub joy aholi — oʻzbeklar, tojiklar, turkmanlar, qirgʻizlar, qozoqlar, qoraqalpoklar, qisman uygʻurlardan iborat boʻlgan. Shuningdek, ruslar va Validiy tomonidan yuborilgan ayrim boshqird va tatar harbiylari, Turkiya va Afgʻonistondan kelgan oz miqdordagi zobitlar xam bor edi. Madaminbek qoʻshinlari bilan Jalolobodda turgan K. Monstrovning krestʼyanlar armiyasi oʻrtasida sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun oʻzaro bitim tuzilgan (1919.02.09.).

Qizil askarlar tomonidan bosqinchilik va talonchiliklarning kuchayishi ularga qarshi xdrakatni yanada kuchaytirdi va kurashchilar safiga muntazam ravishda askarlar (yigitlar) qoʻshilib turdi va yangidanyangi guruh,lar tashkil topdi.

Validiyning Turkistonga kelishi va kurash maydoniga chiqishi, «Turkiston milliy birligi» tashkilotining qaror topishi (1921.2.8) bilan janglar butun mintaqada avj olib ketdi. Boshqa yashirin milliy tashkilotlar («Milliy ittihod», «Milliy istiqlol») qam tuzilib, ular harakatni faol qoʻllabquvvatlashdi.

Turkiston jamiyatida oʻsha paytda yetakchi mavqega ega boʻlgan ulamolar ham harakat mafkurasini tayyorlashda muayyan darajada xizmat qildilar. Ammo harakat ayrim mutaassib ruhoniylarning amallari oqibatida koʻpgina hollarda faqat islom gʻoyalariga singib ketdi va shu bilan cheklanib qoldi.

Kurashchilar faqat jang harakatlari olib borish bilan cheklanmasdan Madaminbek boshchiligida Muvaqqat Fargʻona hukumati (1919.22.10) nomli hukumatni ham tuzdilar.

1920—24 y. larda Buxoro va Xorazm respublikalarida milliy muxolifat olib borgan ozodlik kurashi oʻziga xos alohida yoʻnalish va xususiyatga ega boʻlib, oʻta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan Turkiston Respublikasidagi bu harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar kizil askarlarga tayangan holda 1920-y. 1 fev. da Xiva xonligi va 1920-y. 2 sent. da Buxoro amirliginn qurolli kuch bilan agʻdarib, hokimiyatni Buxoroda, asosan, Yosh buxoroliklar, Xorazmda esa Yosh xivaliklar firqalarining aʼzolaridan iborat demokratik kuchlar qoʻliga berishdi. Lekin, bu joylarda hokimiyat uchun kurashayotgan boshqa kuchlar ham mavjud boʻlib, natijada milliy kuchlar oʻrtasida hokimiyat masalasida oʻzaro ixtilof vujudga keldi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk, Sovet Respublikasiaz. 1920-y. da yuzaga kelgan qurolli muxolifat shu sababli bir yoʻla 2 kuchga karshi: birinchidan, bu davlatlar hududida joylashgan bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi mustaqillik kurashini; ikkinchidan, bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan kuchlarga, yaʼni Yosh xivaliklar, Yosh buxoroliklarga qarshi muxoliflik urushini olib bordilar. Bu harakatning Turkiston Respublikasi, xususan, Fargʻona vodiysidagi qurolli kurashdan farkli jihati ham ana shunda.

1924-y. oxirida Turkiston mintaqasida milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida qurolli kurashning 1davri yakunlandi. Uning 2davri esa yana 10 y. davom etib, oʻzining xarakteri va kuchlar nisbati jihatidan avvalgi davrga nisbatan ancha farq qiladi. Bu davrda, asosan, Fargʻona vodiysi, Sharqiy Buxoro va Xorazm voqasida janglar davom etdi. 30-y. larning oʻrtalariga kelib qurolli harakat magʻlubiyatga uchradi. Tirik qolgan kurashchilarning aksariyati xorijiy davlatlarga muhojir boʻlib joʻnab ketishga majbur boʻldi.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning eng zaif tomoni uning Oʻrta Osiyo mintaqasida yagona markaz ostida toʻliq birlasha olmasligi, harakatning boshidan to oxirigacha mafkuraviy asos boʻlib xizmat qiluvchi yagona milliy dasturning yaratilmaganligi hamda baʼzi yetakchi shaxslar orasidagi kelishmovchilik va nizolar, ayrimlarining tor dunyoqarashi va b. boʻldi. Ayrim shaxslar (Xolxoʻja Eshon, Gʻulomalixon Bahodir va b.) harakatga faqat oʻzlari rahbarlik qilishni oʻylab, yagona qoʻmondonlikka boʻysunmadi. Shuningdek, qurolli kurashga aloqador boʻlmagan baʼzi rypyviap talonchilik va bosqinchilik bilan shugʻullanib, koʻplab begunoh kishilarni oʻldirishdi. Bundan qizil armiya qoʻmondonligi va bolsheviklar ustomonlik bilan foydalanishdi. Ular maxsus xufiyalar va josuslar, turli aygʻoqchilar yordamida harakat ichidagi birlikni parchalash, baʼzi guruh rahbarlari oʻrtasidagi tarqoqlik va oʻzaro ixtiloflarni yanada avj oldirishga urindilar. Nihoyat, Sovet hukumati bir necha islohotlar oʻtkazish (xususan, xalq taʼlimi sohasida va yangi iqtisodiy siyosatni tadbiq etib, xalq uchun biroz yengillik tugʻdirgandan soʻng) va turlituman targʻibotlar natijasida harakat qatnashchilarini mehnatkashlar qoʻllabquvvatlashdan qaytara oldi.

Ad.: Rajabova R. Yo. va b., Uzbeki ston tarixi (1917-1993-y.), T., 1994; Validiy, Boʻlinganni boʻri yer (Xotiralar), T., 1997; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2kitob. [Oʻzbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat, 2000; Alimova D., Golovanov A., Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari, Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat, 2000,Ziyoyeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat, 2000; Markaziy Osiyo XX asr boshida; islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. Jadidchilik, muxtoriyatchilik, istiqlolchilik. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat, 2001; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat, 2002; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917-1924-y.), T., 2002.

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: TURKISTONDA SOVET REJIMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
TOJIKISTON
FRANSIYA
JADIDCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты