TURKMANISTON

TURKMANISTON — Oʻrta Osiyoning jan. gʻarbida joylashgan davlat. Mayd. 488,1 ming km2. Aholisi 4,7 mln. kishi (2002). Poytaxti — Ashxobod sh. Maʼmuriy jihatdan 5 viloyatga, viloyatlar etrap (tuman )larga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Turkmaniston — betaraf davlat. 1995-y. 12 dek. Turkmaniston betarafligi kuni. Amaldagi konstitutsiyasi 1999-y. 18-mayda qabul kilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1990-y. dan S. Niyozov). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati. Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli) da joylashgan. Faqat jan. da tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining Turkmanistonga qarashli jan. qirgʻoklari kam parchalangan, shim. da Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken ya. o. lari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. Turkmaniston janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo choʻqqisi), undan shim. gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Jan. sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka jan. sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m — T. ning eng baland nuktasi) bor. Turkmanistonning gʻarbida Krasnovodsk platosi, shim. gʻarbida Ustyurt platosining jan. chekkasi, undan jan. da esa Orqa Oʻzboʻy burmali rni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va b. qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ tekisligidan shim. va shim. sharkda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan daryolari oraligʻida Jan. Sharqiy Qorakum choʻli joylashgan. Turkmanistonning jan. qismida tez-tez zilzila boʻlib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan.

Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanv. ning oʻrtacha trasi shim. sharkda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal tra —32° gacha. Iyulda shim. sharkda 28°, jan. da 32°, absolyut maksimal tra 49,9° gacha. Turkmaniston hududining 80% da doimiy oqar suv yoʻq; jan. va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan —900 km. Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog sh. ni ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida oʻtloqiboʻz va allyuvialoʻtloqi tuproklar bor. Turkmaniston hududining taxm. 2% sugʻoriladi. Turkmanistonning oʻsimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, shoʻrxok yerlarda yulgʻun, sarisazan, shoxilak va b., daryo vodiylaridagi toʻqaylarda bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda shuvoq va har xil efemer oʻtlar, togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yongʻoq, anjir, pista daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi — choʻlda quyon, boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayran, togʻlarda qoplon, arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va b. yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq koʻp. Turkmaniston hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va b. qoʻriqxonalar bor.

Aholisining aksariyati turkmanlar; shuningdek, rus, uzbek, qozoq, tatar, ukrain, armanlar ham yashaydi. Shahar aholisi 45%. Rasmiy til — turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi.

Tarixi. Turkmaniston hududi qadimda Ahomaniylar davlati, Aleksandr istilosidan soʻng vujudga kelgan Salavkiylar davlati, Parfiya, YunonBaktriya podsholigi, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohariylar davlati, Somoniylar, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati, Moʻgʻullar davlati tarkibida boʻlgan. 14-a. ning 70—80-y. laridan Turkmaniston hududi Temuriylar gasarrufiga oʻtgan. 16-a. oxiri — 17-a. da Xiva va Buxoro xonliklariga qaram boʻldi, bir qismi Eron tarkibiga oʻtib qoldi. 1869—85 y. larda Turkmaniston hududini Rossiya bosib oddi. 1917-y. noyab. — dek. da sovet hokimiyati oʻrnatildi, 1918-y. 30 apr. da Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil etilgach, Turkmanistonning asosiy qismi (Zakaspiy viloyati, 1921-y. avg. dan Turkmaniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924-y. Oʻrta Osiyoda «milliy davlat chegaralanishi» deb atalgan boʻlib tashlash siyosati natijasida 1924-y. 27 okt. da Turkmaniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kiritiddi. Shundan keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning qishloq xoʻjaligi. ni jamoalashtirish, mamlakatni industriyalash siyosati va qatagʻonlar azobuqubatlarini tortdi. 1991-y. okt. da Mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qilindi, mamlakat Turkmaniston deb atala boshladi. Turkmaniston —1992-y. dan BMT aʼzosi, 1993-y. 7 yanv. da OʻzR suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 27 okt. — Mustakillik kuni (1991).

Siyosiy partiyasi. Rasmiy ravihda 1 partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik partiya negizida 1991-y. tuzil gan).

Xoʻjaligi. Turkmaniston — agrarindustrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50%, qishloq xoʻjaligi. niki 18%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 32%.

Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va neft qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yogʻmoy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod, Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash Turkmanistonning gʻarbiy rnlarida olib boriladi, Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va b. Neftni kayta ishlash tarmogʻida benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chikariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim oʻrin oladi. Asosiy sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Bayramali va b.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Vohalarda va togʻ yon bagʻirlarida yetishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, sholi, oq joʻxori va makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari boʻylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi. ning muhim tarmogʻi hisoblanadi. Togʻli joylarda qoramol, qoʻy, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda qorakoʻlchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xoʻjaligi rivojlangan.

Transporti. Turkmaniston uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uz. 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar uz. 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti — Turkmanboshi. Turkmanboshi — Boku, Bekdash — Boku yoʻnalishi boʻyicha t. y. li dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema katnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan, Vishka — Turkmanboshi, Cheleken — Turkmanboshi neft quvurlari mavjud. Turkmaniston chetga tabiiy gaz, neft va neft mahsulotalari, paxta, mineral oʻgʻit va b. chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, kora metallar, transport vositalari, kiyimkechak, poyabzal, don, kandshakar oladi. Rossiya, Ukraina, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Qozogʻiston bilan savdo qiladi. Turkmanistonning OʻzR bilan tashki savdo aylanmasi 2003-y. da 2002-y. ga nisbatan 17,3% ortdi va OʻzR ning tashki savdosidagi ulushining 1,3% ni tashkil etdi. Pul birligi — manat.

Tibbiy xizmati. Davlatga karashli tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Ashxobod tibbiyot intida tayyorlanadi. Mashhur kurortlari: Bayramali, Feruza iqlimiy, Archman balneologiya va Mullaqora balchiq bilan davolash sanatoriylari.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Maorifi boshlangʻich, toʻliqsiz oʻrta va umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan iborat. Oʻrta maxsus taʼlim oʻquv yurtlari turli kasblarni oʻrgatadi. Turkmanistonda bir qancha oliy oʻquv yurti, jumladan, Ashxobodda Turkmaniston universiteta, politexnika, qishloq xoʻjaligi., ped., sanʼat, tibbiyot, xalq xoʻjaligi va b. intlar, Turkmanobodda ped. instituti mavjud. I. t. lar uning tarkibidagi intlardan tashqari Sil kasalliklari inti, Koʻz kasalliklari inti, Nevrologiya va fizioterapiya inti, Radiologiya va rentgenologiya inti, Onkologiya inti, Chorvachilik va veterinariya inti, Tuproqshunoslik inti va b. ilmiy muassasalarda olib boriladi.

Turkmanistonda Turkmaniston davlat kutubxonasi bir qancha teatr, sirk, 15 davlat muzeyi, shu jumladan, Ashxobodda Turkmaniston tarixi muzeyi, tasviriy sanʼat muzeyi, «Nisa» tarixiymadaniy qoʻriqxona va b. madaniymaʼrifiy muassasalar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Turkmanistonda 20 ta gaz. va jurnali, jumladan, rus tilida «Neytralnoʻy Turkmenistan» («Betaraf Turkmaniston»), turkman tilida «Turkmenistan» gaz. lari nashr etiladi. Turkmaniston davlat axborot agentligi (TURKMANPRESS), T. milliy teleradiokompaniya faoliyat yuritadi. Turkmanistonda muntazam radioeshittirish 1927-y. dan, televizion koʻrsatuvlar 1959-y. noyab. dan boshlangan.

Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyotidan boshlangan. Oʻrta Osiyo xalklarining mushtarak asari boʻlmish «Kitobi dadam Qurqut» oʻgʻuz elati hayotini tasvirlaydi. «Shohsanamgʻarib», «Sayot va Hamro», «Goʻroʻgʻli», «Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho» kabi dostonlarning turkman variantlari keng tarqalgan. 18-a. da turkman shoirlari nazm tilini xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Mahtumquli adabiyetda yangi yoʻnalishni boshlab berdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida Durdi Shoir, Saidiy, Ziloliy, Misqinqilich, Andalib, Shaydoiy, Ozodiy, Gʻoyibiy, Kamina turkman adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 19-a. da yashab ijod etgan turkman shoirlari ijodida lirika yetakchi janr boʻldi. Asl muhabbatni madh etuvchi «Zuhro va Tohir» dostonining muallifi Mullanafas turkman adabiyotidagi lirika janrining yorqin namoyandasidir.

20-a. 20-y. larida badiiy nasrchilik rivojlana boshladi. Shoir va yozuvchilardan Yoqub Nosirli, B. Kerboboyev, N. Sarixonov, A. Durdiyev, X. Deryayev, dramaturglardan A. Karliyev, B. Omonov va b. adiblar hikoya, qissa, roman va pyesalarida xalq hayoti, quvonch va tashvishlarini haqqoniy tasvirlashga intildilar. 1934-y. T. yozuvchilar uyushmasi tashkil etildi. 1928-y. dan yozuvchilarning oylik adabiybadiiy jurnali nashr etila boshladi. 2jaxrn urushi yillari turkman adiblari bosqinchilarga qarshi xalq nafratini ifodalovchi nazmiy va nasriy asarlar yaratdilar. Jumladan, Yo. Nosirlining «Leytenantning oʻlimi», P. Nurberdiyevning «Vatanparvar chol» dostonlari, K,. Seytliyevning sheʼrlari, D. Xoldurdining «Oqxalatli qiz» dostoni va b. asarlarda urush va turkman xalqining front orqasidagi fidoiyligi oʻz aksini topgan. Urushdan keyingi turkman adabiyotida tinchlik uchun kurash, odamlar oʻrtasidagi munosabat asosiy mavzu boʻldi. 50-y. larda A. Otajonov, M. Saidov, K. Qurbonnapasov, A. Xaydov va b. adabiyotga kirib keldilar. 60—70-y. lardan yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. Qilich Quliyevning «Qora karvon», Beki Seytoqovning «Birodarlar», X. Deryayevning «Qismat» romanlari va b. yaratiddi. B. Kerboboyev, X. Ismoilov, M. Garriyev, K. Tangriquliyev, A. Boymurodovlar bolalar adabiyetiga qiziqarli asarlari bilan hissa koʻshdilar.

20-a. ning 2yarmida yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. B. Xudoynazarov, A. Kurbonov, O. Okmamedov, Ya. Mametyev, T. Jumageldiyev va b. adiblarning romanlari bosilib chikdi. A. Murodov, U. Abdullayev, J. Allakov, R. Rajabovlar adabiyotshunoslik va adabiy tanqid sohasida barakali ijod qildilar. Boshqa xalqlar adiblari, jumladan, oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini turkman tiliga tarjima qilishga katta ahamiyat berib kelindi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Turkmaniston hududida qad. manzilgoxlar (Ashxobod yaqinidagi Jaytun va Passajiktepa) qoldiqlari saklanib qolgan. Bundan tashkari, yirik qishloklarning qoddiqlarini ham uchratish mumkin (Namozgohtepa, Ulugʻtepa, Oltintepa). Turli davrlarda mustahkam devorlar bilan oʻralgan shaharlar (Marvdagi Erkqalʼa, Kaushut yaqinidagi Elkentepa) vujudga kelgan. Mil. 5 — 7-a. larda xom gʻisht va paxsadan qoʻrgʻonlar, 2 qavatli koʻshklar qurildi. 11 — 12-a. larda shaharlarda masjid, Madrasa, karvonsaroy, timlar, maqbaralar, turar joy mahallalari barpo etildi (Abu Sayd maqbarasi, Abulfazl maqbarasi va b.). Pishiq gʻishtdan mahobatli imoratlar qurilib, tomi gumbaz shaklida ishlana boshladi. 12-a. da binolarni bezashda bir tomoni sirlangan gʻisht va koshindan foydalanish rayem boʻldi. Maqbaralar oʻziga xos meʼmoriy shaklda bunyod etilgan. Marvdagi Sulton Sanjar masbarasi, Koʻhna Urganchdagi Najmiddin Kubro maqbarasi, Faxriddin Roziy masbarasi, Sulton Takash maqbarasi va b. sirkorlik va naqshkorlik usulida serhasham bezatilgan. Marvdan Xorazmga borish yoʻlidagi Oqchaqalʼa, Choshqalʼa, Doyaxotin karvonsaroyi ichki hovlisining 4 tomoni peshayvonli qilib qurilgan. 14—15-a. larda Temuriylar davri meʼmorligiga xos mahobatli va peshtokli binolar qurila boshladi. 19-a. 2yarmida Krasnovodsk, Ashxobod, Chorjoʻy, Bayramali, Qizilarvot kabi yangi shaharlar paydo boʻldi. Ammo koʻchmanchi qabilalar hamon kigiz oʻtovda yashar edi.

20-a. ning oʻrtalaridan turkman meʼmorlari uyjoy qurilishida issiq iklim sharoitini qisobga ola boshlagan boʻlsalar, 1948-y. Ashxobod zilzilasidan soʻng shaharsozlikning Turkmaniston uchun alohida usullarini ishlab chiqdilar. 60—70-y. lar meʼmorligida sodda shakllarga intilish kuchaydi, 70 — 80-y. larda meʼmorlik bilan bezak sanʼatini birga qoʻshib, atrofdagi manzaraga moslashuv tamoyillari ustunlik qila boshladi (A. Ahmedov va F. Ahmedov rahbarligida ijodiy jamoalar loyihalagan «Ashxobod» mehmonxonasi, «Ayna» restorani, Davlat banki, Qurilish banki binolari).

Badiiy hunarmandlikda kulollik (8-a. dan qolipaki naqshlangan sirsiz sopol idishlar), badiiy toʻquv, zargarlik, gilamdoʻzlik rivojlangan. Ayniqsa, 18—20-a. larda geometrik shaklli naqshlar bilan bezatilgan kizil, jigarrang, taka, salor, yovmut gilamlari badiiy kimmati bilan mashhur boʻlgan.

Zamonaviy tasviriy sanʼat T. da 19-a. ning 2yarmida paydo boʻla boshladi. N. N. Karazin, K. S. Mishin, Nazar Yovmutiy turkmanlar turmushining ijtimoiy jihatlarini ifodalashga harakat qildilar. 20-a. ning 20-y. larida «Sharq sanʼati zarbdor maktabi» ochilgach, Turkmanistonda professional badiiy taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Shu maktabda tahsil olgan B. Nurali, S. N. Beklarov, keyinchalik ularning safiga qoʻshilgan Yu. P. Daneshvar, I. Klichev, A. Hojiyev, A. Quliyev, N. Xoʻjamuhamedov, A. va Ch. Omongeldiyevlar tasviriy sanʼatni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshdilar. 20-a. ning 2yarmida turkman badiiy sanʼatida grafika, dastgoh gravyurasi, natyurmort, avtoportret, teatr va kino bezakchiligi kabi janrlar rivoj topdi.

Istiklol yillari Turkmaniston tasviriy sanʼatida milliylikka eʼtibor kuchaydi. Dastgoh rangtasviri, grafika, maxrbatli haykaltaroshlik rivojlandi. Keksa avlod vakillaridan I. Kdichev, A. Almamedov, shuningdek, Sh. Akmuhammedov, A. Muhammedov, Ya. Bayramov, J. Amandurdiyev, Ch. Amandurdiyev, G. Guseynov, A. Murodaliyev, K. Nurmurodov va b. samarali ijod qilmoqdalar. Chunonchi, Sh. Akmuhammedov ijodida oʻtmish bilan hoz. kunning uzviy bogʻliqligini koʻrsatish, milliy estetik tamoyillarni ifodalash, Ya. Bayramov ijodida dadil novatorlik, atrof muhitni, umuman hayotni falsafiy talqin qilishga intilish seziladi. 1939-y. T. Rassomlar uyushmasi va 1994-y. Milliy Badiiy akademiya tashkil etilgan.

Musiqasi. Anʼanaviy shakllari qad. ironii elatlar musiqa ijodi hamda turkoʻgʻiz qabilalarining musiqa anʼanalari negizida qaror topgan. Parfiya poytaxti Niso, Margʻiyona poytaxti Marv, Saraxsdan topilgan arxeologik yodgorliklari islomgacha boʻlgan musiqa madaniyati (musiqa cholgʻulari) haqida tasavvur beradi. Saljuqiylar davlati davri (11—12-a. lar)da turkmanlarning musiqa madaniyati ravnaq topdi. Turkman xalq qoʻshikdari orasida dehqon jamoalari hayotiga xos mavsum marosim qoʻshiqlari («Yilan oyni», «Chemche gelin», «Ximmil», «Xeshelle» va b.), shuningdek, oilaviy marosim va maishiy («Xushroy», «Edemekrem», «Oʻlan», «Azadi», «Chapak», «Zikir», «Xuvdi», «Agi») qoʻshiqlari, bayram va sayillarda ayollar ijro etadigan «Lyale», «Mavrike» kabi janrlar keng oʻrin olgan. Musiqa cholgʻulari orasida qad. xizlavuk, juljul, gopuz (changqoʻbiz) hamda puflama tuyduklar, doirasimon deprek, dutor va gʻijjaklar mavjud. Ayniqsa, turkman dutor kuylari (Qirqlar, Saltikdar, Muqamlar) shakli murakkabligi, nolalarga boyligi bilan ajralib turadi. Milliy professional musiqa yoʻllari turkman baxshi va sozandalar ijodida namoyon boʻladi. Baxshilar dutor (dutor va gʻijjak, baʼzida gargituyduklar) joʻrligida qahramonlik va ishqiy mavzudagi («Goʻroʻgʻli», «Nejeb oʻgʻlon», «Sayot va Hamro», «Shohsanam va Gʻarib» kabi) dostonlarni mahorat bilan, maxsus kuylash usullaridan keng foydalanib ijro etadilar. 1929-y. Ashxobodda badiiy texnikum musika boʻlimi bilan birga ochildi (1935-y. dan musiqa bilim yurtiga aylantirilgan). Ilk turkman kompozitorlari A. Kuliyev, V. Muxatov, D. Ovezovlar yetishib chikdi. 1929-y. simfonik orkestr, 1934-y. xor, 1941-y. Opera va balet teatri tashkil etildi. 1941—45 ylarda «Zuhro va Tohir», «Shohsanam va Gʻarib» operalari, «Aldar koʻsa» baleti yaratildi. Kompozitor A. Shaposhnikov bilan V. Muxatovning «Kamina va qozi» hajviy operasi, M. Ravich bilan N. Muxatovning «Zoʻraki tabib» baleti, A. Quliyev, A. Shaposhnikov, V. Ahmedovning orkestr uchun yozgan konsertlari 50—60-y. lardagi turkman musiqasining yutugʻi boʻldi. 70—80ylarda turkman musiqasi uslubida yangi siljish sodir boʻldi. Kompozitorlardan Ch. Nurimov («Garmselning oʻlimi», «Qoʻhitang fojiasi» baletlari, simfonik konsertlari), N. Xolmamedov (vokal qoʻshiklari), A. Agajikov («Soʻna» va «Taxdikali tun» operalari, «Feruza» baleti), R. Ollayorov (oratoriya va simfoniyalari) yangi ifoda usullaridan foydalandilar. Ch. Ortiqov, D. Nuriyev kabi yosh kompozitorlar ijod kila boshladi. Ijrochilar orasida dirijyor X. Allanurov, xonandalardan A. Annaquliyeva, M. Quliyeva, M. Shaxberdiyeva, raqqos va raqqosalardan G. Musayeva, A. Pursiyanovlar mashhur.

Ashxobod va Toshhovuzda musiqali drama teatrlari, Ashxobodda Milliy konservatoriya, Ashxobod, Mari va Turkmanobodda musiqa va sanʼat bilim yurtlari, turli shaharlarda musiqa maktablari bor.

Teatri. 1918-y. dan havaskor teatr toʻgaraklari tuzila boshladi. 1926-y. dastlabki millim drama studiyasi tashkil etildi. Unda dramaturglar K. Burunov, A. Kaushutov, rej. Yu. Alimzoda dare berdilar, Suray Murodova, A. Qulmamedov, K. Berdiyev, O. Durdiyeva, K. Qulmurodov va b. aktyorlar tahsil oldilar. 1929-y. shu studiya negizida turkman teatri (xoz. Mullanafas nomidagi drama teatri) barpo etildi. Unda B. Kerboboyevning «Yuksalish», A. Karliyevning «Ayna» pyesalari va chet el dramaturglarining asarlari sahnalashtiriddi. Mari, Karki, Qizilarvot va b. shaharlarda yangi teatrlar ochildi. 20-a. ning 2yarmida turkman teatrlarida G. Muxtorov, K. Seytliyev, B. Omonov, Q. Quliyev, A. N Ostrovskiy, U. Shekspir pyesalari qoʻyildi. Teatr jamoalari orasida Ashxoboddagi yosh tomoshabinlar teatri, Maridagi Kamina nomli drama teatri, Turkmanoboddagi musikali drama teatri, sanʼat arboblaridan B. Omonov, A. Durdiyev, M. Cherkezov, M. Kirillov, S. Otayeva, T. Gʻafurova, N. Suyunova, M. Aymedovalar mashhur.

Kinosi. 1926-y. kinofabrika tashkil etildi, keyinchalik u «Turkmanfilm»ga aylantirildi (hoz. A. Karliyev nomidagi kinostudiya). Shu yerda dastlabki hujjatli filmlar — «Oq oltin» (1929, rej. A. Vladichuk), «Choʻlda birinchi» (1932, rej. M. Bistriskiy), «Misli koʻrilmagan voqea» (1936) yaratildi. Dastlabki badiiy filmlar — «Unutib boʻlmaydi» (1931, rej. D. Poznanskiy), «Yetti yurak» (1935, rej. N. I. Tixonov), «Men qaytaman» (1935, rej. A. Ledashchev), «Dursun» (1940, rej. Ye. IvanovBarkov) ekranga chiqarildi. 40—50-y. larda yaratilgan filmlar («Olisdagi kelin», «Keksa Ashirning hiylasi», «Oila nomusi», «Birinchi imtihon») muvaffaqiyat qozonmadi va tanqidga uchradi. 60-y. larda voya ga yetgan X. Narliyev, K. Yazxonov, M. Qurbonklichev, Ya. Saidov, M. Suyunxonov kabi yosh rej. larning ijodi kinematografiyani jonlantirdi. B. B. Mansurovning «Musobaqa» filmi (1964) goyaviy yetukligi, ifoda vositasining taʼsirchanligi bilan ajralib turadi. Unda murakkab insoniy muammolar tarixiy voqealar asosida hal etilgan boʻlsa, oʻsha rej. ning «Chanqovni bosish» filmida (1967) mazkur muammolar zamonaviy voqeliqda ifodalab berilgan. «Mahtumquli» (1968) va «Maqom sirlari» (1974) filmlari tarixiy shaxslarga bagʻishlangan. X. Narliyevning «Qoraqum, soyada 45°» (1983) filmida gazchilarning hayoti tasvirlangan. Yosh rej. X. Kakaboyevning «Otam qaytsinchi, kurasan», X. Narliyevning «Jamol daraxti» filmlari turkman kinematografiyasining soʻnggi yillardagi yutuqla]ei jumlasiga kiradi.

Oʻzbekiston — T. adabiy va madaniy aloqalari. Oʻzbek va turkman xalklari azaldan iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada boʻlib kelganlar. Alisher Navoiyni turkman xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning asarlari shoir hayot chogʻidayoq turkmanlar orasida mashhur boʻlgan. Navoiy gʻazallarini turkman baxshilari hoz. kungacha ham kuylab keladilar. Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman mumtoz shoirlari Ozodiy, Mahtumquli, Andalib Navoiyni oʻzlariga ustoz deb bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining sheʼrlarini bilmagan va kuylamagan oʻzbek xrfizi yoʻq desa boʻladi. Andalib oʻzining «Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho» dostonlarini Navoiy va Durbek asarlaridan taʼsirlanib yozgan.

Mahtumqulining tanlangan sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bir necha marta nashr etildi. Gʻafur Gʻulom va Berdi Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki Seytoqov, Zulfiya va Tovshan Esanova, Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi oʻzbek va turkman yozuvchishoirlari oʻrtasidagi doʻstlik adabiy aloqalar tarixida muhim oʻrin egallaydi. B. Kerboboyevning «Dadil qadam», «Oysulton», «Nebitdogʻ» romanlari, X. Deryayevning «Qismat» romanepopeyasi, Mullanafas, Andalib, Kamina, B. Kerboboyev sheʼrlari, Ota Kavshutovning «Nebitdogʻ etaklarida» romani, Q. Quliyevning «Qora karvon» romani, T. Togʻanovning «Durlar xazinasi» qissasi va b. asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Turkman dramaturgiyasining «Mahtumquli» (B. Kerboboyev), «Oila nomusi», «kim aybdor?» (X. Mutalov) singari namunalari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan. Oʻz navbatida, H. X,. Niyoziyning «Boy ila xizmatchi», A. Qaxdorning «Shohi suzana», B. Rahmonovning «Yurak sirlari», Sayd Ahmadning «Kelinlar qUzgʻoloni» pyesalari turkman teatrlarida namoyish qilindi. Turkman adiblarining (B. Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O. Otajonov va b.) Oʻzbekiston, oʻzbek shoir va adiblarining (Gʻ. Gʻulom, Shayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston mavzuidagi asarlari muhim.


Lotin alifbosida maqola: TURKMANISTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA
POKISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты