VOLTOMMETR

VOLTOMMETR — tok zanjiridagi kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan elektr asbobi; voltmetr va ommetr-dan iborat. Voltommetrlar oʻzgarmas tok zanjirida qoʻllaniladi. Toʻgʻrilagich V. lar universal asbob boʻlib, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjiridagi kuchlanishni, oʻzgarmas tok zanjiridagi qarshilikni oʻlchaydi. U oʻlchash mexanizmi, yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich va qoʻshimcha rezistorlardan iborat. Universal Voltommetr larning zamonaviy variantlari mikroelektron sxemalar asosida yaratilmokda. Ular ancha ixchamligi va puxtaligi bilan lampali va tranzistorli oʻlchov asboblaridan ajralib turadi. Ularni ishlatish ancha qulay va oson. Voltommetrlar elektr energiyasi ishlatiladigan joylarda, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash va kuzatib turish zarur boʻlgan lab., sexlar va elektr ustaxonalarida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VOLTOMMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VOLTMETR
AVOMETR
FRANSIYA
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты