AVOMETR, ampervoltommetr — oʻzgarmas va oʻzgaruvchan (yuqori chastotali) tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan universal kuchma asbob. A. larning oʻlchash chegaralari turlicha boʻladi. Ular magnitoelektrik va toʻgʻrilagich tizimlarda yasaladi. Magnitoelektrik tizimda yasalgan Avometrlar yerdamida oʻzgarmas tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi, toʻgʻrilagich tizimda yasalgan Avometrlar yerdamida esa ham oʻzgarmas, ham oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi.
Avometrlar, asosan, magnitoelektrik oʻlchash mexanizmi va yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich birikmasidan iborat. Avometr larning tokni oʻlchash chegarasi shunt qarshiligi yerdamida, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash chegarasi esa qoʻshimcha qarshiliklar yerdamida kengaytiriladi.