TURSUNOV Ulugʻ Toshmuhammedovich

TURSUNOV Ulugʻ Toshmuhammedovich (1905.9.1, Qoʻqon 1971.20.6, Samarkand) — tilshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), prof. (1958), filol. fanlari nomzodi (1941); 2-jahon urushi qatnashchisi (1941 — 45). Fargʻona ped. texnikumini (1924) va Leningrad sharqshunoslik intini (1930) tugatgan. Margʻilonda maktab oʻqituvchisi (1924 —25), Qoʻqonda bolalar uyi oʻquv boʻlimi mudiri (1925 — 27). 1930 — 32 y. larda bir paytning oʻzida Til va terminologiya qoʻmitasida ilmiy xodim, Oʻrta Osiyo untida oʻqituvchi va Tojik agropedagogika inti (Toshkent) da kafedra mudiri, 1933 — 34 y. larda Oʻzbekiston madaniy qurilish i. t. intida sektor mudiri, 1934 — 36 y. larda Til va adabiyot intida direktor urinbosari va sektor mudiri, 1936 — 71 y. larda Samarkand unti oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri.

Tursunovning ilmiy asarlari oʻzbek tili leksikologiyasi, terminologiyasi, grammatikasi, dialektologiyasi va rivojlanish tarixiga, umuman, oʻzbek tilining ilmiynazariy, amaliy va metodik masalalariga bagʻishlangan.

As: Uzbekchada feʼllarning yasalishi, Tursunov, 1930; Oʻzbek terminologiyasi masalalari, Tursunov, 1933; Hozirgi zamon oʻzbek tili [Morfologiya] (hammualliflikda), T., 1960; Sopostavitelnaya grammatika russkogo i uzbekskogo yazыkov (v soavtorstve), Samarkand, 1962; Oʻzbek tili leksikasining baʼzi masalalari (hammualliflikda), Samarkand, 1971; Oʻzbek adabiy tili tarixi, Tursunov, 1982; Hozirgi oʻzbek adabiytili [Leksikologiya, Morfologiya], 3nashri, Tursunov, 1992.


Lotin alifbosida maqola: TURSUNOV Ulugʻ Toshmuhammedovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OLIY OʻQUV YURTLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti
TOJIKISTON
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты