TUXMAK

TUXMAK (Sophora) — dukkakdoshlarga mansub doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar, butalar va kup yillik oʻtlar turkumi. Osiyo va Avstraliya tropiklari va subtropiklarida 60 ga yaqin turi oʻsadi. Oʻzbekistonda, asosan, vatani Xitoy va Yaponiya boʻlgan 1 turi — yapon Tuxmak gi (S. japonica) manzarali daraxt sifatida ekiladi. Bal. 25—30 m ga boradi. Novdalari tikanli, barglari spiral shaklida joylashgan, uz. 2 — 5 sm. Gullari 2 jinsli, och sariq, xushboʻy, toʻpguli shingil, yarim soyabonlar yoki taramlarga joylashgan. Tez oʻsadi. 51—7 yildan boshlab gullab, meva beradi. Tuxmak iyun— iyulda gullab, sent. da mevasi yetiladi. Mevasi dukkak. Yogʻochi qattiq, undan mebellar, turli buyumlar ishlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUXMAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
OSIYO
YER
AVSTRALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты