VOHIDOV Vosit Vohidovich

VOHIDOV Vosit Vohidovich (1917.13.12, Turkiston t. – 1994. 1.6, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistan FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). ToshMIni tugatgan (1939). ToshMI umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri (1963-75). 1975-y. dan Toshkent jarrohlik ilmiy markazi direktori, ToshMI gospital xirurgiya kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koʻkrak va qorin boʻshligʻi aʼzolari, yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi va ularni jarrohlik yoʻli bilan davolashni takomillashtirishga bagʻishlangan. V. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib yurak, oʻpka, qon tomirlar va qiziloʻngachda operatsiyalar oʻtkazgan. Jahon jarrohlar assotsiatsiyasining haqiqiy aʼzosi (1971-y. dan), «Oʻzbekiston tibbiyot jurnali» bosh muharriri (1979—92). Toshkent jarrohlik ilmiy markazi, Toshkent sh. koʻchalaridan biri Vohidov nomi bilan ataladi.


Lotin alifbosida maqola: VOHIDOV Vosit Vohidovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
JADIDCHILIK
YURAK
QON KETISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты