VRUBEL Mixail Aleksandrovich

VRUBEL Mixail Aleksandrovich [1856.5(17).3, Omsk – 1910.1(14).4, Peterburg] — rus rassomi. Peterburg BA akad. (1905). Vrubel oʻrta asrlar va Uygʻonish davri sanʼati, antik dunyo mifologiyasi va rus ertaklaridan ilhomlangan; yuksak mahobatli uslub va milliy shakllar izlash, bezakka eʼtibor uning asarlariga «modern» uslubiga xos xususiyatlar baxsh etgan. «Eron gilami fonidagi qiz» (1886), «Nastarin gul» (1900), «Hamlet va Ofeliya» kabi asarlari rassomga shuhrat keltirdi. «Demon» (1890) asarida «mangu mavzu» yaxshilik va yomonlik masalasini ramziy maʼnoda yosh, goʻzal, pahpavon isyonkor Demon qiyofasida ifoda etdi. Shuningdek, «Venetsiya» (1894), «Folbin» (1895), «Oqqush-malika» (1900) kabi asarlari ham mashhur.


Lotin alifbosida maqola: VRUBEL Mixail Aleksandrovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
FRANSIYA
UYGʻONISH DAVRI
YUNONISTON
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты