VULKAN GAZLARI — vulkan otilayotganda va tinchigandan soʻng ajralib chiqadigan gazlar. Vulkan otilayotganda ajralib chiqadigan gazlar eruptiv va vulkan otilishi tinchigandan keyin kuch bilan va burqirab ajralib chiqadigan gazlar fumarol, mofet va solfatar gazlar deb ataladi. Vulkan gazlari vulkan krateri, vulkan yon bagʻirlari yoriqlaridan, lava oqimlari va piroklastik jinslardan ajralib chiqadi. Eruptiv gazlar tarkibida N2O, N2, NS1, HF, H2S, CO, SO2 va b. aniqlangan. Vulkan gazlari yer osti suvlari zonasidan oʻtganda issiq buloqlar hosil qiladi. Eruptiv gazlar portlab vulkan qay tarzda otilishlarini belgilaydi va lavani oqishiga taʼsir etadi. Fumarol gazlar lavadan va piroklastik jinslardan ajralib chiqqan gazlarning atmosferadagi gazlar va lava ostidagi organik mahsulotlar bilan reaksiyaga kirishishidan hosil boʻlgan gazlar aralashmasidan iborat.