VULKAN TOGʻ JINSLARI

VULKAN TOGʻ JINSLARI, vulkanitlar — vulkanlarning otilishidan paydo boʻlgan togʻ jinslari. Otilishi tarziga koʻra, Vulkan togʻ jinslari 2 xilga boʻlinadi: effuziv va vulkanogen-boʻlakli jinslar. Effuziv Vulkan togʻ jinslari lavaning yer yuziga oqib chiqib qotishidan hosil boʻladi (bazaltlar, andezitlar, diabazlar, vulkan shishasi va b.). Vulkanogen-boʻlakli jinslar vulkanning portlab otilishidan vujudga keladi. Bular ikkiga boʻlinadi: boʻsh (vulkan kuli, qumi va b.) va zichlashgan, sementlashgan (vulkan tuflari, tuf brekchiya lari va b.). Effuziv jinslarning shakli lavaning yopishqoqligi va vulkan oblastlari relyefiga bogʻliq. Kam yopishqoq bazalt lavalari qoplam va oqimlar hosil qiladi. Oqib chiqqan yopishqoq lavalardan gumbaz va ignasimon shakllar hosil boʻladi. Kanallardan oqib chiquvchi lava qotib, dayka va nekklar tarkib topadi. Vulkan togʻ jinslari qad. va zamonaviy vulkan oblastlarida koʻp tarqalgan. Oʻzbekistonda qadimgi Vulkan togʻ jinslari Qurama, Chatqol, Hisor va Oʻzbekistonning gʻarbidagi togʻlarda mavjud. Vulkan togʻ jinslari bilan oltin (Qoʻshbuloq) polimetall va b. rudali konlar bogʻliq. Vulkan togʻ jinslari qurilish, abraziv materiali sifatida ham koʻp ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: VULKAN TOGʻ JINSLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BREKCHIYA
VULKANOGEN CHOʻKINDI JINSLAR
VULKANLAR
VULKAN SHISHASI
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты