VYENTYAN — Laos poytaxti, Mekong daryosining chap sohilidagi port. Alo-hida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Aholisi 531,8 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Vyentyanga 13-a. da asos so-lingan. 16—18-a. boshlarida (vaqgvaq-ti b-n) Lansang davlatining poytaxti, 1899-y. dan Fransiya Laosi maʼmuriy markazi, 1946—75 y. larda Laos qirolligining poytaxti boʻlgan. 1975-y. dek. dan Laos Xalq Demokratik Respublikasi poytaxti. Vyentyanda davlatning asosiy oliy organlari joylashgan. Mamlakatning muhim savdo markazi. Avtomobil yoʻllari va Mekong daryosi orqali qoʻshni mamlakatlar bilan bogʻ-langan. Aeroport bor. Mamlakatning deyarli barcha import va eksporti Vyentyan orqali oʻtadi. Sanoati sholi oqlovchi, koʻn, ip gazlama va shoyi, kimxob, mebel ishlab chiqaruvchi mayda korxona-lardan iborat. Un-t, int-lar, Mil-liy kutubxona, muzeylar bor. Meʼmo-riy yodgorliklari: Fra-Keo (1565), Sisaket (1820) ibodatxonalari, qirol saroyi va b.