TUGʻRO

TUGʻRO (turkiycha) — Sharq mamlakatlarida podshoh va xonlarning farmonlari boshida ularning unvoni — nom va amallarini koʻrsatuvchi maxsus bezakli yozuv, ramziy belgi, sarlavha oʻrnidagi soʻz, jumlaning bezak sifatida yozilishi. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida tugʻrach shaklida keltirilib uning 3 maʼnosi beriladi:

1) oʻgʻuzlar tilida podsho muhri;

2) podshoh, safarga chiqish oldidan qoʻshindagi xar bir jangchiga beradigan ot;

3) oʻgʻuzlar tilida muhr bosilgan xat. Shu maʼnoda boshqa turkiy qavmlar (keyinchalik moʻgʻullar) tomonidan qoʻllaniladigan yorliq soʻzi oʻgʻuzlarga notanish boʻlgan. Saljuqiylar davrida davlat mahkamasi boshligʻi boʻlgan amaldor tugʻroi deb atalgan.

4) 19-a. oxirida Shim. Hindiston va Oʻzbekistonda alohida xatlarni turli jonivorlar, parrandalar shakli sifatida yozilishi ham Tugʻro xati yoki xatti Tugʻro deyilgan. Xattotlikning bu sanʼat turi bilan Oʻzbekistonda Habibullo Solih, Maʼruf Salimov, Toʻxtamurod Zufarov va b. shugʻullanmoqda.


Lotin alifbosida maqola: TUGʻRO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
DEVONU LUGʻOTIT-TURK
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
YOZUV


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты