TYURINGIT

TYURINGIT (Germaniyadagi Tyuringiya koni nomidan) , temirli xlorit — oksidlangan xloritlar (leptoxloritlar) guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (Fe2Q, Fe3Q)3 [Al2Si2O10](OH2) (Mg,Fe)3(OH)6. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 3,15—3,19 g/sm3. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yashirin kristall massalar holida boʻladi. Rangi sargʻish yashildan qoramtir yashilgacha. Choʻkindi temir konlarida yirik toʻplamlar holida uchraydi: temirli kvarsitlarda metamorfizm jarayonida va magmatik jinslar temir silikatlarining gidrotermal oʻzgarishidan ham gʻosil boʻladi. Yirik koni — Tyuringiya (Germaniya) da. Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida topilgan. Temir rudasi sifatida sanoat ahamiyatiga ega.


Lotin alifbosida maqola: TYURINGIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
GERMANIYA
YER
XLORITLAR
TYURINGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты