XLORITLAR

XLORITLAR (yun. chloros — yashil) — minerallarning keng tarqalgan guruhi, magniy va temirning metaalyumosilikatlari. Kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan (Mg, Fe2+)[AlSi3O|0(OH)2]. 3(Mg, Fe)(OH2). Tarkibidagi Gʻye2+ Gʻye3+ ning oʻzaro nisbati boʻyicha X. o r t o xloritlar valeptoxloritlarga boʻlinadi. Si va Gʻye2++Gʻye3+ ning mikdoriga koʻra X. 2 guruhga ajratiladi. 1guruh magnezial X. (korundfillit, sherydanit, klinoxlor, pennin, talkxlorit), magnezial — temirli X. (ripidolit, piknoxlorit, diabantin) vatemirli X. (psevdotyuringit, dafnit, brunsvigit)dan iborat. 2guruhga mansub X. — tyuringit, shamozit, delessit. Hamma X. monoklin yoki triklin singoniyada kristallanadi. Varaqvaraq, poʻstloq, tangasimon, sferolit, oolit shaklida, yashirin kristalli, yupqa varakchalari egiluvchan boʻlsa ham, qayishqoq emas; bir-biridan termik analiz orqali farklanadi. Asosan, yashil, shuningdek oq, sariq, pushti, qizilbinafsha rang, qoʻngʻirqora xillari bor. Qattiqligi 2—3, zichligi 2,6—3,3 g/sm3. X. tabiatda keng tarqalgan. Asosan, past trali gidrotermal jarayonlar taʼsirida, tarkibida alyuminiy, magniy va temirli silikatlar koʻp boʻlgan jinslarning oʻzgarishidan hosil boʻladi. Ortoxloritlar qogʻoz sanoatida ishlatiladi. Kattakatta qatlam tarzida topilgan leptoxloritlar temir rudasi sifatida sanoat ahamiyatiga ega.


Lotin alifbosida maqola: XLORITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TEMIR
TYURINGIT
MINERAL
RANG-TASVIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты