TOʻYINGAN UGLEVODORODLAR

TOʻYINGAN UGLEVODORODLAR, alkanlar, parafinlar — uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi SpN2pQ2. atsiklik birjmalar sinfiga mansub; eng oddiy vakili — metan SN4; bu qatordagi har qaysi keyingi aʼzo oʻzidan oldingi uglevoroddan SN2 guruh (gomolog) bilan farklanadi. Katorning boshlangʻich 4 aʼzosining nomi — metan SN4, etan S2N6, propan S3N8, butan S4N10; keyingi gomologlarning nomi yunoncha sanoq sonlar bilan ifodalanadi, mas., S5N]2 — pentan, CgH]8 — oktan, S|()N22—dekan, S16N34 — setan. Barcha Toʻyingan uglevodorodlarning nomiga «an» qoʻshimchasi qoʻshib aytiladi. Toʻyingan uglevodorodlarning molekulalaridagi uglerod atomlari bir-biriga oddiy bogʻ bilan bogʻlangan. Butangacha boʻlgan Toʻyingan uglevodorodlar va neopentan — rangeiz gaz, S5N12 dan to S17N36 gacha — suyuklik, undan keyingilari qattiq moddalardir. Toʻyingan uglevodorodlar suvda erimaydi, koʻpchilik organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Toʻyingan uglevodorodlar kimyoviy jihatdan inert, shuning uchun ham ularga parafinlar deb nom berilgan. Lekin nisbatan qattiq sharoitda ulardagi vodorod atomlari boshqa atom va guruxlarga almashinishi mumkin; ana shu reakdiyalar asosida koʻpgina muhim sanoat mahsulotlari olinadi; chunonchi: T. u. ni xlorlab, metilxlorid, metilenxlorid, xloroform; nitrolab—nitroparafinlar; kuyi Toʻyingan uglevodorodlarni oksidlab spirt, aldegid, keton va kislotalar olinadi. Toʻyingan uglevodorodlarni katalitik degidrogenlab olefinlar (propilen, butenlar), diolefinlar (butadiyen, izopren), izomerlab izobutan va izopentan hosil qilinadi. Toʻyingan uglevodorodlar toshkoʻmir, yonuvchi slaneslarni haydab ham olinadi. Toʻyingan uglevodorodlar neftda (5—60%), oʻsimliklarda, asalari mumida boʻladi. Ozokerit deyarli yuqori Toʻyingan uglevodorodlardan iborat; tabiiy gazda 99% gacha metan bor. T. u. plastmassalar, sintetik kauchuk va tolalar, yuvuvchi moddalar olishda muhim xom ashyo hisoblanadi; erituvchilar sifatida qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻYINGAN UGLEVODORODLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UGLEROD
YER
GOMOLOGIK QATORLAR
ORGANIK KIMYO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты