TOʻPCHIBOSHI

TOʻPCHIBOSHI — harbiy lavozim. Oʻrta Osiyo xonliklarida harbiy vazifalarni bajargan amaldor (asosan, artilleriya boshqaruvchisi). Buxoro amirligida 2 ta Toʻpchiboshi unvoni mavjud boʻlgan: biri toʻpchiboshiyi lashkar deb nomlangan boʻlib, Buxoro garnizonining boshligʻi vazifasini ado etgan, uni vaziri harb — harbiy vazir ham deb atashgan, unga barcha harbiy qismlarning sardorlari boʻysungan. Davlat qurolyarogʻ ombori — toʻpxonaga masʼul hisoblangan. Ushbu shaxs kutvol, bakovul, oʻragʻa kabi mansab egalari qatori hukmdor qabulida baʼzan oʻtirish huquqiga ega boʻlgan. Ikkinchi Toʻpchiboshi Buxoro qalʼasi (arki) komendanta hisoblangan, shu bois toʻpchiboshiyi darvozayi arki oli — «qalʼa artilleriyasi sardori» deb yuritilgan, u oʻz mavqeiga koʻra, shigʻavul, miroxurboshi, shixna (mirshab) kabi lavozimlar darajasida turgan.

Ad. Mirza Badiʻ divan, Madjmaalarkam, Vvedeniye, perevod, primechaniya i prilojeniya A. B. Vildanovoy, M., 1981.


Lotin alifbosida maqola: TOʻPCHIBOSHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TEMURIYLAR
ALISHER NAVOIY
BUXORO XONLIGI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты