TOʻQQALʼA

TOʻQQALʼA — arxeologik yodgorliklar majmuasi (mil. av. 4-a. — mil. 13a.). Nukus sh. dan 14 km shim. gʻarbda, kichik tabiiy Toʻqtov tepaligida joylashgan. Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali tarix, til va adabiyot intining Toʻqqalʼa arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan (1958 — 65). Yodgorlik antik, ilk oʻrta asr shahar xarobasi qoldiqlari va qabristondan tashkil topgan. Toʻqqalʼaning qad. qismida qalʼa qoldiqlari, burjlar, xonalar (eni 3 m, uz. 5,5 m), yoʻlaklar chiqqan. Sopol buyumlariga koʻra, Toʻqqalʼaning bu qismi mil. av. 4—2-a. larga oid. U antik Xorazmning shim. gʻarbiy hududlaridagi davlat chegara istehkomi boʻlgan. Qalʼa harbiy harakatlar paytida vayron etilgan. Bir oz tanaffusdan soʻng Toʻqqalʼada hayot qayta jonlangan, turar joylar vujudga kelgan. Shim. gʻarbiy devor oʻrtasidagi xonalar ostidan sopol quvurlar topilgan. Toʻqqalʼa dan, shuningdek, 7 —8-a. larga oid sopol idishlar, temirdan yasalgan mehnat qurollari, mis tangalar (aksariyati Kardor hukmdori Xusravga taalluqli, shuningdek, Xorazmshohlar va Sugʻd tangalari) chiqqan. Ular Kardor madaniyatining soʻnggi bosqichiga oid. Qabriston Toʻqtov tepaligining sharqiy va shim. yonbagʻirlarida joylashgan.

Undan koʻplab ossuariylar topilib, uning devorlarida xorazmiy yozuvida bitilgan qabr yozuvlari (epitafiya), turli diniy ramzlar saqlangan (mil. 7-a. oxiri — 8-a.). Ossuariylar ustida oʻrta asr (8-a. 2 yarmi — 14-a.) qabristoni joylashgan.

Shixnazar Matrasulov.


Lotin alifbosida maqola: TOʻQQALʼA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
TARIX
ROSSIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты