TOʻGʻALOQ MULDA

TOʻGʻALOQ MULDA (taxallusi; asl ismsharifi Boyimbet Abdurahmonov) (1860.10.6 — hoz. Qirgʻizistonning Oqtol tumani — 1942.4.1) — qirgʻiz shoiri, oqin. Qirgʻiz folklori bilimdoni, «Manas» eposini aytuvchilardan. Madrasada oʻqigan. 14 yoshida sheʼr yoza boshlagan. U «Dehqon ayolining yigʻisi», «Temirchi ayoli yigʻisi», «Yosh erga berilgan qiz xasrati», «Cholga erga berilgan qiz hasrati» kabi shikoyatqoʻshiqlar, «Hojining kirdikorlari», «Salla oʻragan qoʻy» kabi hajviy sheʼrlar, «Turna va tulki», «Bulbul va eshak» kabi masallar yozgan. «Kemchontoy», «Bobirxonlar» (1900), «Qushlar hangomasi» (1908), «Ozodlik» (1919 — 23), «Nasihat» (1925) kabi dostonlar, «Ertaklar» (1939) toʻplamini nashr ettirgan. «Sheʼrlar va dostonlar» (1947), «Tanlangan sheʼrlar» (1951), «Yer va uning bolalari» (1952) va 2 jildli «Tanlangan asarlar» (1954 —56) muallifi. Navoiy, Furqat, Muqimiy, Zavqiy ijodi Toʻgʻaloq Mulda ijodiga katta taʼsir etgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻGʻALOQ MULDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
QIRGʻIZISTON
YER
FURQAT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты