TOʻGʻON

TOʻGʻON — daryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. Suv sathini koʻtarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. Toʻgʻonlar dare suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga barham berishga, uning atrofidagi mikroiklimni yaxshilashga imkon beradi. Ekinlarni sugorish va ichish uchun suv manbalaridan suv chikarishga intilish mil. av. 4 va 3ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Ayniqsa, sugʻorma dehqonchilikning astasekin rivojlanib borishi tufayli Toʻgʻonlar (dambalar) qurishga extiyoj tugʻildi (q. Dehqonchilik). Ibtidoiy dehqonchilikdan madaniy degʻqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham sugʻorma dehqonchilikka va, demak, damba va Toʻgʻon larga talab kuchaydi. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-a. da asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va b. oʻstirilgan. Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim, Xorazm davlati va b. joylarda sugorish inshootlari (sunʼiy kanallar, dambalar, toʻgʻonlar) qurilgan. Keyinchalik Toʻgʻonlar qurish usullari va ularni mustahkamlash tadbirlari takomillashib bordi. Oʻzbekistonda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Osmon soyiga 10-a. da Xonbandi toʻgʻoni (uz. 50 m, bal. 15,2 m), 12-a. da Katgaqoʻrgʻon tumanida gʻisht T. qurilgan. 16-a. da qurilgan Abdullaxon bandi T. ining bal. 15 m, uz. 83 m, eni 4,5 m boʻlgan. Oʻsha paytlarda Toʻgʻon qurilishida tuproq, tosh, ganch va b. materiallardan foydalanilgan. Beton T. lar 20-a. 20-y. laridan qurila boshladi. Oʻzbekistonda Boʻzsuv GES toʻgʻoni (1923 27), 1 May T. i (1926 30), Kampirravot Toʻgʻoni (1935 —38), Farhod GES toʻgʻoni (1943 —50) va b. qurildi. 20-a. 50-y. laridan baland Toʻgʻonlar paydo boʻddi. Toshkent dengizi va Karkidon, Kattaqoʻrgʻon va Pachkamar suv omborlari Toʻgʻon lari (tuproqdan), Kosonsoy suv ombori T. i (toshdan) va Qoradaryodagi Andijon T. i (betondan) shular jumlasidan.

Vazifasiga qarab, Toʻgʻonlar suv ombori va GESlarga quriladigan, suv sathini koʻtaradigan, oqova (ortiqcha suvni chiqarib yuboradigan), stansion (suv olish tuynugi boʻlgan) xillarga boʻlinadi. Toʻgʻon, asosan, tuproq, tosh, beton va yogʻochdan quriladi. Beton Toʻgʻonning gravitatsion, ravoqli va tirgakli xillari boʻladi. Toʻgʻonning turi geologik, topografik, gidrologik va iqtisodiy sharoitlarga qarab tanlanadi. Toʻgʻon larnint bal. 300 m ga yetishi mumkin (mas., Nurek GES).

Suv bosimi kichik (2 —4 m, kamdankam 4 —8 m, ayrim hollarda 16 —20 m) boʻlgan joylarda yogʻoch T. quriladi va kontrfors (tirgak)lar bn mahkamlanadi. Tuproq T. bir xil materialdan, yaʼni maʼlum tartibda joylashtiriladigan qumoq va qumloq yoki tuproq, qumloq va qum va sh. k. dan quriladi. Toʻgʻon korpusi ichida suv oʻtkazmaydigan ekran (plastik yoki qattiq) yoki materiallar (tuproq, qumoq tuproq, beton, temirbeton yoki metall) dan ichki yadro yasaladi. Tuproq Toʻgʻon toʻkma vaquyma turlarga boʻlinadi. Suv omboridagi poʻrtanalar taʼsiridan saqlash uchun Toʻgʻonning yuqori bagri tosh, beton plitalari va b. suv oʻtkazmaydigan materiallar bn qoplanadi. Aralash tipdagi Toʻgʻon tosh va tuproqdan quriladi. Tosh Toʻgʻon, asosan, tosh tashlash yoki tosh toʻkish yoʻli bn quriladi. Toʻgʻon ekrani yoki suv oʻtmaydigan markaziy elementi (diafragmasi) temirbeton, asfalt va polimer va b. materiallardan quriladi. Beton va temirbeton Toʻgʻon konstruksiyasi boʻyicha gravitatsion, arkasimon va tirgakli (kontrforeli) turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon xarsang tosh terib yoki beton, toshbetondan quriladi, oʻz massasi bn suv bosimini toʻsib turadi, asosi va ekrani mustahkam, suv oʻtkazmaydigan qilinadi. Arkasimon, yaʼni yoysimon Toʻgʻon (dara kengligi katta boʻlganda) yuqorigi byefi suv bosimi ostida boʻladigan qirgʻoqqa yoki maxsustirgaklargabirlashtiriladi. Gravitatsion Toʻgʻonlar maxsus tayyorlangan, suv oʻtkazmaydigan mustahkam zaminga quriladi va katta massaga ega boʻladi. Tirgakli (kontrfors) Toʻgʻon larning bosim tushadigan tomoni temirbeton plitalar bn toʻsiladi. Tirgakning oʻzi mustahkam qoya yoki zaminga oʻrnatiladi. Metall Toʻgʻonlar boshdanoyoq metalldan ishlanadi, qimmatligi tufayli qoʻllanish doirasi cheklangan. Zamonaviy Toʻgʻonlar, asosan, temirbetondan quriladi.

Miradham Fayziyev, Botir Hobilov.


Lotin alifbosida maqola: TOʻGʻON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
DEHQONCHILIK
MISR
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты