TOʻGʻRI BURCHAKLI KOORDINATALAR — koordinata oʻqlari oʻzaro perpendikulyar boʻlgan sistemaga nisbatan koordinatalar. Affin koordinatalarining xususiy holi. Agar Toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemada har bir oʻq boʻyicha masshtab oʻlchov birliklari teng boʻlsa, Dekart koordinatalar tizimi hosil boʻladi. Agar x va u ning qiymatlari nisbati juda katta boʻlsa, (yqfx) funksiya grafigini tegishlicha tanlangan masshtabli Toʻgʻri burchakli koordinatalarda tasvirlash qulay.