TOʻGʻRULBEK, Sulton Toʻgʻrulbek, Muhammad Toʻgʻrulbek Ruknuddin Abu Tolib (993 — 1063.4.9) — Saljuqiylar davlatining asoschisi va 1sultoni (1038 —63). Saljuqbekning nevarasi. Ibn alAsirning yozishicha, 11-a. ning boshlarida birodari Chagʻribek Dovud (990 —1060) bn birgalikda koʻchmanchi oʻgʻuzlar — saljuqiylarnint harbiy birlashmalariga boshchilik qilgan. 1025 —30 y. larda Toʻgʻrulbek boshchiligidagi saljuqiylar Alitegin va Sirdaryo yabgʻusi qoʻshinlariga qarshi muvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib borishgan.
1035-y. may oyining boshlarida 10 ming kishilik saljuqiylarning otliq qoʻshini Toʻgʻrulbek va Chagʻribek qoʻmondonligida Amudaryoni kechib oʻtib, Amul (hoz. Turkmanobod)ni egallagan va Marvdan Nisoga yoʻl olgan. Gʻaznaviylar sultoni Masʼud Gʻaznaviy ularga qarshi qoʻshin joʻnatgan. Bu jangda saljuqiylar gʻalaba qozonib, Xurosonda oʻz mavqelarini tobora mustahkamlab borishgan, xususan, Tus va Nishopurni egallab, Toʻgʻrulbekni Nishopurda sulton deb eʼlon qilganlar (1038-y. iyun).
Dandanakon jangit gʻaznaviylar ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng Toʻgʻrulbek Xuroson hukmdori deb eʼlon qilingan. 1040 —1055-y. larda T. Xorazm, Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonga harbiy yurishlar uyushtirib, bu hududlarning katta qismini saljuqiylar davlati tarkibiga qoʻshib oldi. Qoraxoniylar ham Movarounnahrda Toʻgʻrulbek hukmronligini tan olishga majbur boʻlgan. Toʻgʻrulbek arab xalifaligi poytaxti Bagʻdodni egallab (1058-y. 23 apr.), oʻz nomiga xutba oʻqittirgan va abbosiylar sulolasining xalifasi alQoim (hukmronlik davri: 1031 —75) uning «sulton» unvonini tan olib, Toʻgʻrulbekka «alMashriq va alMagʻrib sultoni» degan yuksak unvonni ham bergan. Toʻgʻrulbek xalifani buvayhiylar (ular shialardan boʻlgan)ning tazyiqidan xalos qilib, islom dinining sunniy mazhabini mustahkamlagan. Keyinchalik Toʻgʻrulbek xalifa alQoimning qizi Sayyida Nisoga uylangan (1063.17.2).
Toʻgʻrulbek 1038-y. dayoq harbiy xizmatlari evaziga yirik lashkarboshilar va qarindoshurugʻlariga mamlakat hududini iqtosifatida taqsimlab bergan. T. Rayni, Chagʻribek Marvni oʻzlariga poytaxt qilganlar. Keyinchalik Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan (1050). Forslardan boʻlgan vaziri Abdulmalik Kunduriy (1064-y. qatl etilgan) yordamida ulkan Saljuqiylar saltanatini boshqargan.
Manba:Sayar addin Ali alXusayn i, Axbor addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M., 1980; AbulFazl Bayxaki, Istoriya Masʼuda (1030—1041), M., 1969.
Ad.: Agadjanov S. G., Ocherki istorii oguzov i turkmen Sredney Azii IX — XIII vv., Ashxabad, 1969.
Qahramon Rajabov.