YOʻL MASHINALARI

YOʻL MASHINALARI — yoʻl qurilish ishlarish ishlatiladigan mashinalar. Yoʻl mashinalarining oʻziyurar, oʻrnatma va tirkama (avtomobil, traktor va tyagachlarga tirkaladigan); tayyorlov ishlarida ishlatiladigan (daraxt qulatkich, tosh yigʻgich, yumshatkichlar) va tuproq ishlarida ishlatiladigan (buldozer, greyder, greyder-elevator, ekskavator, ariq qazigich, yoʻl gʻaltagi, titrama zichlagich, zichlagichlar) xillari bor. Gruntni qatlam-qatlam qilib zichlashda oʻzi agʻdargichlar, skreper va b. bilan keltirilgan material galtaklar, titrama galtak, shibbalagichlar bilan zichlanadi. Zaminni tayyorlashda, takomillashgan, yengil yoʻl qoplamalarini qurishda chaqiq tosh, shagʻal, lagich, yuvgich, beton qorgich va asfalt-beton qorgichlar; yoʻl zaminini va qop-lamasini hosil qiladigan mashinalar: betonni pardozlagichlar, gudronatorlar; yoʻlni taʼmirlovchi va uni yaxshi holatda saklovchi maxsus mashinalar: taʼmirlovchi avtogreyder va tekislagichlar, taʼmirlovchi gudronatorlar xamda bitum krzonlari, avtotaʼmirlovchilar, qum otgichlar, supirib-yigʻgichlar, suv sepish mashinalari, qor tozalash va b. mashinalar bor. Yoʻl mashinalarida avtomatik nazorat qilish qurilmalari va gidravlik yuritmalar qoʻllaniladi. Yoʻl mashinalari yoʻl qurilish ishlarida, gidrotexnik, aerodrom, sanoat, fuqaro va q. x. qurilishida, kon sanoatida va b. da ham qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YOʻL MASHINALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TRAKTOR
ARIQ QAZIGICH
EKSKAVATOR
TOSHKENT
AVTOMOBIL YOʻLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты