XALIFALIK

XALIFALIK — 7—8-a. larda arab istilolari natijasida Arabiston ya. o., Yaqin va Oʻrta Sharq, Shim. Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini oʻz ichiga olgan davlat (q. Arab xalifaligi). Ibn Xaldutshng yozishicha, «johiliya arablari» faqat diniy sifatdagi (paygʻambarlik, valiylik, kohinlik va h. k.) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan soʻng (622-y.) Madinada barpo boʻlgan va 630—632-y. larda butun Arabiston ya. o. ni oʻz ichiga olgan tuzum islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan. Bu davlatning boshligʻi — rasululloh — Allohttg elchisi, ammo u abadiy emasligi paygʻambarning oʻzi tomonidan qaytaqayta taʼkidlab kelingan. Bu davlatni kelajakda boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad (sav) — paygʻambarlarning oxirgisi (xotam ulanbiyo). Birinchi boʻlib bu haqiqat Paygʻambar (sav) tomonidan anglandi. «Xalifalik mendan keyin ummatlarim ichida oʻttiz yil, soʻngra amirlik (podsholik) dir», degan mazmundagi hadis aynan shu fikrni isbotlaydi. Darhaqiqat, Allohning nomidan (vahiy orqali) ummatini boshqargan Muhammad paygʻambar vafotidan soʻngra rahbarlikka ilohiy rahnamolik sifatiga ega boʻlmagan va bunga daʼvo ham qilmagan xalifalar kelgan. Sahobalar bundan keyin dunyoviy ishlarni oddiy inson hukmdor — amir boshqarishini tushunganlar. Makkalik va madinalik sahobalar — muhojirlar va ansorlar oʻrtasidagi bahs faqatgina ularning qaysi biri ana shu lavozimga saylanishi haqida borar edi. Abu Bakr Siddiqning Xalifatu Rasululloh — Alloh elchisining oʻrinbosari boʻlib saylanishi shundan dalolatdir. Aynan shu davrda hokimiyat vazifalarining (sud, moliya va h. k.) boʻlinishi va ularning, asosan, muhojirlar oʻrtasida taqsimlanishi yuz bergan. Bu jarayon, yaʼni davlat boshqaruv tizimi diniylik qiyofasini yoʻqotib, dunyoviy tuye olishi 4 xalifa — Abu Bakr Siddiq (632 — 634), Umar ibn Xattab (634-644), Usmon ibn Affon (644—656) va Ali ibn Abu Tolib (656—661) davrida uzilkesil amalga oshgan. Ular «alXulafo arroshidun» (toʻgʻri yoʻldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar.

Ali ibn Abu Tolib vafotidan soʻng davlatni boshkargan umaviy xalifalar (661—750) arab tarixiy adabiyotida «diniy tarbiyadan umuman yiroq» shaxslar sifatida tavsiflanadilar. Xalifalar rasman diniy va dunyoviy yagonalikni mujassam etgan boʻlsalarda, lekin amalda jamiyatning diniy hayotiga taʼsir koʻrsatmasdilar. Diniy arboblar (muhaddislar, qorilar, mufassirlar, faqixdar) qatlami vujudga kelganki, endi diniy masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini xalifalar emas, balki aynan oʻsha arboblar shakllantiradigan boʻlganlar.

750-y. da Abbosiylar xalifaliga boshlangan. Umaviylardan farkli oʻlaroq abbosiylar oʻz ismlariga Alloh soʻzini koʻshib martabali laqablar oldilar, shu yoʻl bilan oʻz hokimiyatlariga teokratik tuye berishga uringanlar. Lekin amalda ularning koʻpchiligi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolib, boshqa qavmlar boshliklari (maye. Mahmud Gʻaznaviy), saljuqlar sultoni Toʻgʻrulbek, buvayhiylar amiri Ahmad kabilarga muboyaʼa (guvohnoma) berdilar va ularning hokimliklarini qonuniylashtirdilar. 9-a. dan eʼtiboran Abbosiylar xalifaligi parchalana boshlagan. Ispaniyada Kordova, Shim. Afrikada Fotimiylar xalifaliginiit vujudga kelishi xalifalik yakkayu yagona boʻlishi kerak degan tushunchaga yana bir bor zarba bergan.

12-a. da Turk sulolalari zaiflashib, Bagʻdod xalifaligi qisqa muddatga oʻz qudratini qayta tiklagan edi hamki, moʻgʻullarning qaqshatqich zarbasiga uchradi va 1258-y. Huloku oxirgi Bagdod xalifasi alMustaʼsimni qatl qilgan.

Shunday qilib, Abbosiylar xalifaligi moʻgʻullar tomonidan yoʻq qilindi. Ammo 1261-y. Misr mamluklarining sultoni Zohir Baybars dastlab oxirgi Bagʻdod xalifasining amakisi alMustansir, soʻng yana bir vakil alHakim I ni Qohiraga keltirib, abbosiylar sulolasini davom ettirdi. Yuqorida zikr etilgan ikkala shaxsning ham haqiqatan abbosiylarga mansub ekanini oʻz vaqgida akad. V. V. Bartolvd qattiq shubha ostiga olgan edi. Qanday boʻlganda ham Qohiradagi Abbosiylar xalifaligi 1517-y. usmonli turklar tomonidan Misr bosib olingunga qadar davom etdi.

Oxirgi xalifa al-Mutavakkil III ni usmonli turk sultoni Salim I Istanbulga koʻchirgan va uning avlodlari Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk tomonidan dastlab sultonlik (1922-y.), soʻng xalifalik (1924-y.) bekor qilinguniga qadar yashaganlar.

Demak, X. islom teokratik davlati tarixda bir marta tuzilgan va Muhammad paygambar shaxsi bilan bevosita bogʻliq. Hozir nafaqat islom, balki boshqa har qanday dinga asoslangan teokratik davlat tuzish samarasiz va befoydadir, zero 20-a. ning yirik tarixchisi A. Toynbi taʼbiri bilan aytganda, cherkov zamin muammolarini zamin vositalari orqali hal qilishga qodir emas. Bizning koʻz oʻngimizda «Tolibon» islom dinini niqob qilib olib, teokratik davlat tuzishga urinib koʻrdi. Hoz. paytda «Hizb uttahrir alislomiy» partiyasi xalifalik shaklidagi yagona musulmon davlatini tashkil etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Ammo uning bu xattiharakatlari batamom asossiz, gʻayriqonuniy va islom shariatiga ziddir. Qurʼoni karimda Xalifalikni barpo qilish boʻyicha buyruq berilmagan, qatʼiy dalil ham mavjud emas.

Ahadjon Hasanov.


Lotin alifbosida maqola: XALIFALIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
XITOY
YAPONIYA
QURʼON
ISPANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты