XALTALI BOʻRSIQLAR

XALTALI BOʻRSIQLAR, bandi kutlar (Peramilidae) — xaltali sut emizuvchilar oilasi. Tanasining uz. 17—50 sm, dumi 9—26 sm, vazni 4,7 kg. Oldingi oyoqlarida 2—4 barmoqlari uzun va kuchli tirnoqli; orqa oyoqlaridagi 2 va 3barmoqlari yopishib oʻsgan boʻlib, faqat tirnoqlari ajralib turadi. Bu tirnoqlar yordamida yungini tozalaydi. Xaltasi tanasining keyingi qismida pastga qarab ochiladi. Xaltayailar orasida yoʻldoshga ega boʻlgan yagona vakil hisoblanadi. Embrioni xuddi haqiqiy yoʻldoshlilar singari implantatsiya boʻladi. 17—19 turi maʼlum. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya va b. o. da tarqalgan. Quruqlikda sakrab harakatlanadi. Koʻpchiligi hasharotxoʻr. Yilda 1-marta 2—8 bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri qisqa — 12,5 kun. Ayrim Xaltali boʻrsiqlar terisi va goʻshti uchun ovlangan. Soni juda kamayib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: XALTALI BOʻRSIQLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
AVSTRALIYA
SUT EMIZUVCHILAR
TOSHKENT
Abdulhay Karimov - To’y bola


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты