YOʻLDOSHEV Abdulaziz Daminovich

YOʻLDOSHEV Abdulaziz Daminovich (1921.8.11, Andijon viloyati, Xonobod sh. — 1968.16.9, Andijon) — 2-jahon urushi katnashchisi, leytenant. 8-oʻqchi diviziyaning 229-polki, 6-oʻqchi rotasining komandiri. 1940-y. dan armiya safida. Stalingrad jangida, Kursk ostonalaridagi jangda va b. bir qancha shaharlarning mudofaa janglarida qatnashgan. Ikki marta ogʻir yarador boʻlgan. Dnepr daryosini kechib oʻtishda mislsiz jasorat koʻrsatgan Y. Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943, 16-okt.). Urushdan keyin Andijonda artel raisi, paxta tozalash z-dida direktor oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan. Xonobod va Andijondagi koʻcha hamda Andijondagi 45-maktabga uning nomi berilgan.


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSHEV Abdulaziz Daminovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
TOSHKENT
ROSSIYA
IKKINCHI JAHON URUSHI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты