YOʻLDOSHEV Behzod Sodiqovich (1945.9.5, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1981), prof. (1987). ToshDU ni tugatgan (1968). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida ilmiy xodim (1968—83), direktor (1990-y. dan). Oʻzbekiston FA Fizika-texnika i. t. intida lab. mudiri (1984—90). 2000-y. 12 sent. dan Oʻzbekiston FA prezidenti. Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid. Yoʻldoshev rahbarligida Yadro fizikasi in-tida jahon standartlariga mos keluvchi radioizotoplarni keng koʻlamda i. ch. va chetga sotish ishlari yoʻlga qoʻyildi; mahalliy togʻ-kon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qoʻshimcha ravishda ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi va h. k.
Yoʻldoshev Vashington un-ti fizika f-ti prof. (1977—78; 80—81; 89—90) sifatida yuqori energiyali neytrinolarning oʻzaro taʼsirida boʻladigan yadroviy effektlarni oʻrganish boʻyicha ilmiy loyihaga rahbarlik qildi. Keyingi yillarda AQSH, Kanada, Rossiya va Oʻzbekiston fiziklari tomonidan Kanadaning «Triumf» yadroviy markazida va E. Fermi nomidagi Milliy tezlatkichlar lab. (Bataviya, AQSH) da hamkorlikda bajarilayotgan xalqaro ilmiy loyihalar rahbari.
Yoʻldoshev bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar aʼzosi, xorijiy untlar faxriy d-ri. «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (2001-y. dan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.