YADRO FIZIKASI

YADRO FIZIKASI — fizikaning atom yadrosi tuzilishini va ularning xossalarini, radioaktiv yemirilish va yadro reaksiyasi mexanizmini oʻrganuvchi boʻlimi. «Yadro fizikasi» atamasiga umumiy maʼno berib, Yadro fizikasiga koʻpincha elementar zarralar fizikasi ham kiritiladi. Baʼzan texnikaning mustaqil tarmoqlariga aylangan tadqiqot yoʻnalishlari, mas, tezlatish texnikasi (q. Tezlatkichlar), yadro energetikasi ham Yadro fizikasi boʻlimlari hisoblanadi. Umuman Yadro fizikasi atom yadrosi mavjudligi aniqlanishidan avval paydo boʻlgan. Yadro fizikasining paydo boʻlishi radioaktivlik kashf qilingan vaqtdan hisoblanadi.

Zamonaviy Yadro fizikasi tor soha va yoʻnalishlarga aniq boʻlinmagan. Odatda, past, oraliq va yuqori energiyalar Yadro fizikasi farqlanadi. Past energiyalar Yadro fizikasiga yadro tuzilishi masalalari, yadrolarning radioaktiv yemirilishini oʻrganish, shuningdek, energiyasi 200 MeV gacha boʻlgan zarralar keltirib chiqaradigan yadro reaksiyalarini oʻrganish kiradi. Energiyasi 200 MeV dan 1 GeV gacha boʻlgan energiyalar oraliq energiyalar deb, 1 GeV dan katta energiyalar yuqori energiyalar deb ataladi. Bunday boʻlinish shartli boʻlib, tezlatish texnikasining rivojlanishi tarixi bilan bogʻliq. Hozirgi zamon Ya. f. da yadro strukturasi yuqori energiyali zarralar yordamida tekshiriladi. Elementar zarralarning fundamental xossalari esa yadrolarning radioaktiv yemirilishini tadqiq qilish natijasida aniqlanadi.

Past energiyalar Yadro fizikasining tarkibiy qismi sekin neytronlarning modda bilan oʻzaro taʼsirini va neytronlar taʼsirida boradigan yadro reaksiyalarini tadqiq qiluvchi neytron fizikasidan iborat. Yadro fizikasining yangi sohasi koʻp zaryadli ionlar taʼsirida sodir boʻladigan yadro reaksiyalarini oʻrganishdir. Yadrolarning elektronlar va fotonlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganish Yadro fizikasining alohida yoʻnalishini tashkil qiladi. Yadro fizikasining eksperimental vositalari majmui turlituman va murakkabdir. Uning asosini zaryadlangan zarralar tezlatkichlari, yadro reaktorlari, yadro nurlanish detektorlari tashkil etadi. Yadro fizikasining amaliy ahamiyati ham juda katta: yadro qurolini yaratish va yadro energetikasida, tibbiyotda (diagnostika va davolashda) keng qoʻllanadi. Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutit Yadro fizikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Oʻzbekistonda Yadro fizikasini taraqqiy ettirishda U. O. Orifov, S. A. Azimov, R. ʼ. Bekjonov, ʼ. S. Yoʻldoshev, M. S. Yunoʻsov, P. Q. Habibullayev va boshqalar olimlarning hissasi katta.


Lotin alifbosida maqola: YADRO FIZIKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATOM FIZIKASI
RADIOAKTIVLIK
ATOM ENERGIYASI
KIMYO
TEZLATKICHLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты