XALFA XUDOYDOD MAJMUASI

XALFA XUDOYDOD MAJMUASI — Buxoro viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (1777—1855). Majmua Madrasa, masjid, hovli, sardoba va qabristondan iborat. Hovli uch tomondan bir qavatli hujralar bilan oʻralgan. Hovlining jan. gʻarbida joylashgan masjid murabba tarxli, gumbaz bilan yopilgan, uch tomoniga yogoch ustunli ayvon ishlangan, tarzi ganch oʻymakorligida, ustunlari oʻymakori naqshlar bilan jozibador bezatilgan. Sardobaga zinapoya orqali kiriladi. Madrasaning old tomonida koshin qoldiqlari saklangan. Hovlining shimoliy markazi orqali Xalfa Xudoydod qabri boʻlgan qabristonga oʻtiladi, qabr yaqinida 2 ustunli, shifti boʻyama naqshlar bilan pardozlangan ayvon bor. X. X. m. turli diniy va memorial inshootlarni oʻz ichiga olgan majmua namunasidir, tarhi hamda shakli jihatidan 18— 19-a. lar meʼmorligi uchun xos. Tarixchi Nosiruddin alHanafiyning «Tuhfat uzzoirin» («Ziyoratchilarga tuhfa») asarida yozilishicha, Xalfa Xudoydod Majmuasi shayx, yassaviylik tariqatining namoyandasi shayx Xudoydod ibn Toshmuhammad Azizon alBuxoriy tomonvdan qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: XALFA XUDOYDOD MAJMUASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XALQ IJODI
AMALIY SANʼAT
XITOY
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты