XALKOZIN

XALKOZIN (yun. Chalkos mis) , mis yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Cu2S; aralashma holida Ag, baʼzan Fe, Co, Ni, As boʻladi. Romb va geksagonal singoniyada kristallanadi. Odatda, tuproqsimon massalar holida uchraydi. Rangi qoʻrgʻoshinga oʻxshash, kulrangdan qoragacha. Metalddek yaltiroq, xira, moʻrt va oson bolgʻalanuvchan. Qattikdigi 2,5—3; zichligi 5,5 — 5,8 g/sm3. Elektr oʻtkazuvchan. Mis rudalari tarkibiga kiradi. Yer yuzasida oksidlanish natijasida X. hisobiga kuprit, malaxit, azurit, tugʻma mis va misning boshqa minerallari hosil boʻladi. Xalkozinning gipogen va gipergen turlari maʼlum. Asosiy massasi ekzogen sharoitda, mis sulfid konlarining ikkilamchi sulfidli boyish zonalarida paydo boʻladi. X. misga eng boy sulfid, mis eritib olinadigan ruda hisoblanadi. Bornit, xalkopirit va b. sulfidlar bilan assotsiatsiyada uchraydi. AQSH, Chili, Afrika, Qozogʻiston (Jezqazgʻan)da X. konlari bor. Oʻzbekistonda Chatqol, Hisor togʻlarida topilgan.


Lotin alifbosida maqola: XALKOZIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
CHILI
MIS
MIS RUDALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты