XALKOFIL ELEMENTLAR

XALKOFIL ELEMENTLAR (yun. chalkos — mis va phileo — sevaman) — norvegiyalik geokimyogar V. M. Goldshmit tasnifi boʻyicha Yer pusti va meteoritlarda uchraydigan sulfid rudalarining kimyoviy elementlari. Elementlar davriy sistemasining qoʻshimcha guruhidagi 19 elementdan iborat: Si, Ag, Ai, Zn, Cd, Hg, Ga, Ln, Tl, Po, Ge, Sn, Pb, As, Sb, Bi, S, Se, Te. X. e. ning metallari S, Se, Tl ga oʻxshash. Bu elementlar tabiatda sulfidlar, selenidlar, telluridlar va sulfotuzlar (faqat qalaygina kassiterit SnO2) tarzida mavjud. Au, Ag, Si, As, S, Bi va b. ayrim Xalkofil elementlar tabiatda elementar holatda mavjud. Barcha Xalkofil elementlar Yer pusti massasining 0,046% inigina tashkil etadi, lekin muayyan sharoitlarda toʻplanish xususiyatiga ega boʻlganligidan ruda konlari, asosan, gidrotermal tomirli konlar hosil qiladi. Si, Ph, Zn va qisman Ag choʻkindi jinslarda stratiform (yaxlit) ruda yotqiziqlarini hosil qiladi. Sulfid rudalari (X. e. ning Yer poʻstida toʻyingan shakdda uchrashi) rangli metallurgiyada va sanoatning boshqa sohalarida xom ashyo sifatida katta amaliy ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: XALKOFIL ELEMENTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
PLATINA RUDALARI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты