YAVA

YAVA — Malay arxipelagining Katta Zond o. lari guruhidagi orol, Indoneziya tarkibida. Mayd. 126,5 ming km2. Yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlardan biri. Uz. 1000 km dan ziyod, qirgʻoqlari kam parchalangan. Relyefi, asosan, vulkan natijasida hosil boʻlgan togʻliklardan iborat, eng baland joyi 3676 m (Semeru vulkani). 100 dan ortiq vulkan bor, ulardan 30 tasi harakatdagi vulkanlar. Teztez kuchli zilzila boʻlib turadi. Shim. sertepali allyuvial tekislik. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000—1500 mm, togʻlarda 5000 mm dan ziyod. Daryolari sersuv. Doim yashil va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar, togʻ choʻqqilarida butazor va yaylovlar bor. Ya. ning sharqiy qismida savanna tipidagi oʻsimliklar oʻsadi. Bir nechta milliy bogʻlar tashkil etilgan. Tekisliklarda makkajoʻxori, sholi, qand lavlagi ekiladi. Kokos palmasi, kauchuksimonlar plantatsiyalari bor. Neft qazib olinadi. Asosiy shaharlari: Jakarta, Bandung, Surabaya.


Lotin alifbosida maqola: YAVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INDONEZIYA
YER
TOSHKENT
XITOY
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты