XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI

XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI — ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini i. ch. ga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiyhududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan Xalqaro mehnat taqsimotining sodda koʻrinishlari mavjud boʻlgan. 19-a. ning oʻrtalaridan Yevropa mamlakatlarida juda katta miqdordagi xom ashyo, tez oʻsib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasining paydo boʻlishi Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimotini shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri — mustamlakachilik sistemasining paydo boʻlishi hisoblanadi. 20-a. boshlariga kelib mustamlaka va qoloq mamlakatlar tamomila «jahon qishloqlari»ga, Yevropa va Shim. Amerikaning sanoati rivojlangan mamlakatlari «jahon shaharlari»ga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotining bu xususiyati 2-jahon urushidan keyingi yillarda ham saqlanib qoldi. 1960-y. larda sobiq mustamlaka va yarim mustamlakalar — jahon aholisining 80% dan ortigʻi yashaydigan Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlari hissasiga jahon sanoat mahsulotlarining taxm. 15% toʻgʻri keldi. Bu mamlakatlar eksportining asosiy qismini xom ashyo va oziqovqat tashkil etgan holda ularning importga qaramligi juda yuqori edi, chunki bu mamlakatlar zarur sanoat tovarlarining deyarli barchasini va yetishmaydigan oziq-ovqatni chetdan keltirishga majbur edi.

Fantexnika taraqqiyoti sharoitlarida Xalqaro mehnat taqsimoti tobora rivojlangan shakllarga ega boʻlib boradi, xalqaro ixtisoslashuvga ehtiyoj kuchayadi, chunki bir mamlakat doirasida hoz. texnika taraqqiyoti darajasida muttasil ortib borayotgan mahsulotlarning barcha turini keng miqyosda i. ch. mumkin emas. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotining xususiyati — rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotida tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir.

Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot, detal, texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar i. ch. ning yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotining ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Ichki tarmoq ixtisoslashuvining yoʻyalishlaridan biri — mahsulot turi boʻyicha ixtisoslashish hisoblanadi, yaʼni muayyan mahsulot turini i. ch. u yoki bu mamlakatda amalga oshiriladi (mas, traktorsozlik AQSHda yuqori quvvatli gʻildirakli va zanjirli traktorlar i. ch. ga, Buyuk Britaniyada oʻrtacha tipdagi gʻiddirakli traktorlar i. ch. ga, Germaniyada quvvati kichik traktorlar i. ch. ga ixtisoslashgan).

Detal boʻyicha ixtisoslashish da ayrim mamlakat zavodlari pirovard mahsulot uchun щkm tarzida foydalaniladigan butlovchi qismlar, detallar i. ch. ga ixtisoslashadi. Mas, «RollsRoys» ingliz firmasi AQSH, Fransiya va b. mamlakatlarda tayyorlanadigan samolyotlar uchun reaktiv dvigatellar ishlab chiqaradi. Bu jarayonda bir rivojlangan mamlakatdan boshqasiga kapital chiqarishning koʻpayishi, turli mamlakatlar korxonalari oʻrtasida ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Firmalararo kooperatsiya (qoʻshma korxonalar), juda ulkan transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyasi (q. Yevropa Itgpifoki) ham rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi mehnat taqsimotini chuqurlashtirishga yordam beradi.

Oʻzbekiston X. m. t. da paxta tolasi, energetika resurelari (tabiiy gaz, elektr energiyasi), rangli metallar, oʻgʻitlar va b. mahsulotlar yetkazib beruvchi mamlakat tarzida ishtirok etadi (yana q. Mehnat taqsimoti).

Ahmadjon Oʻlmasov, Alisher Vahobov.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
YER
ROSSIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты