XALQARO SAVDO-KOʻRGAZMA MAJMUASI

XALQARO SAVDO-KOʻRGAZMA MAJMUASI, «Toshkent plaza» xalqaro savdo koʻrgazma majmuasi — Toshkent sh. dagi yirik savdokoʻrgazma markazi; majmua nomidagi «plaza» atamasi Sharqda keng maʼnoni anglatadigan tim soʻziga yaqin. 1999-y. da bunyod etilgan (meʼmori A. Toʻxtayev). «Interkontinental» mehmonxonasidan jan. rokda. 2 qavatli va yer osti omborxonasiga ega boʻlgan bino 3 ming kv. m dan ortiq savdo maydoniga ega. Usti yopiq ichki hovli (atriy) meʼmoriy mujassamotning markazida, uning ikki yonida rastalar joylashgan. Savdo rastalaridan dunyoga mashhur firmalarning doʻkonlari oʻrin olgan. Hovli markazida hovuz va uning tomida suvi past (hovuz)ga oqib tushadigan favvora joylashtirilgan. Maʼmuriyat, uchrashuvlar zali 1qavatda joylashgan.

Majmua Amir Temur koʻchasi bilan sobiq Xalq xoʻjaligi yutuklari koʻrgazmasining bosh pavilyoni oldini oʻzaro bogʻlaydi.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO SAVDO-KOʻRGAZMA MAJMUASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
ROSSIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты