XALQARO TASHKILOTLAR

XALQARO TASHKILOTLAR — davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya) larning siyosiy, iqgisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va sh. k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar 19-a. da vujudga keddi va 2jahrn urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hoz. kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqtvaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.

Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va sh. k. nomlar bilan ataladi.

Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO TASHKILOTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
HINDISTON
TURKIYA
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты