YADRO QUROLI SINOVLARINI TAQIQLASH TOʻGRISIDAGI SHARTNOMA

YADRO QUROLI SINOVLARINI TAQIQLASH TOʻGRISIDAGI SHARTNOMA — koʻp tomonlama xalqaro shartnoma. 1963 yil 5 avg. da AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan Moskvada imzolangan. 117 davlat shartnomaga qoʻshilgan (1990). Mazkur shartnoma havoda, undan tashqarida (shu jumladan, kosmik fazoda), suv ostida (shu jumladan, hududiy suvlar va ochiq dengizda) har qanday yadro portlatishlarini man etadi, shuningdek, agar bunday portlatish uni amalga oshirayotgan davlatning oʻz vakolati va nazorati ostidagi hududiy chegaralardan tashqarida radioaktiv yogʻinga sabab boʻlsa, har qanday boshqa muhitda ham yadro portlatishini taqiq etadi.


Lotin alifbosida maqola: YADRO QUROLI SINOVLARINI TAQIQLASH TOʻGRISIDAGI SHARTNOMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
YAPONIYA
YER
IKKINCHI JAHON URUSHI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты